Resident Evil 4 ( inglizchadan — Yovuzlik maskani 4), Yaponiyada Biohazard 4 (バイオハザード4) nomi bilan tanilgan – kompyuter oʻyini, asosiy Resident Evil seriyasidagi oltinchi oʻyin (oldingi ikkitasi Resident Evil Zero va Resident Evil Code: Veronika edi). Oʻyin syujeti Resident Evil 2 filmidagi Leon Skott Kennedi va Ada Vong qahramonlari, shuningdek, Resident Evil Zero, Resident Evil Code: Veronika va Resident Evilning antagonisti Albert Veskerning hikoyasini davom ettiradi.

Resident Evil 4
Fayl:Resident evil 4.jpg
GameCube nashridagi o'yin qadog'i
Ishlab chiqaruvchi Capcom Production Studio 4
Nashir etuvchi Capcom
Prodyuser Xiroyuki Kobayasi
Ssenariy muallifi

Sindzi Mikami

Xaruo Murata
Bastakor

Misao Senbongi

Syusaku Utiyam
Oʻyin seriyasi Resident Evil
Lokalizatorlar Rossiya Rossiya „Noviy Disk“ (Windows)
Janr Qoʻrquvda tirik qolish
Platformalar PlayStation 2, Windows, Wii, Android, iOS, PlayStation 3, Xbox 360, PlayStation 4, Xbox One, Nintendo Switch, Oculus Quest 2
Oʻyin rejimlari Yolgʻiz oʻyinchili
Versiya 1.10 (Windows)
Boshqaruv klaviatura, sichqoncha, joystik
Oldingi soni Resident Evil Zero
Keyingi soni Resident Evil 5

Oʻyin voqealari 2004-yilda, Resident Evil 2 va Resident Evil Code: Veronika voqealaridan olti yil oʻtgach, Leon Ispaniyaning chekka qishlogʻiga topshiriq bilan yuboriladi, u yerda AQSh prezidentining qizi Eshli Gremni qutqarishi kerak. U yerda yana Albert Vesker qoʻlida ishlaydigan Ada Vong bilan uchrashadi. Oʻyinni asosiy syujetini yakunlaganingizdan soʻng, yangi Seperate ways va Assigment Ada nomli Ada Vong sifatida oʻynash mumkinboʻlgan qoʻshimcha ssenariylarda paydo boʻladi. Veskerni ushbu qoʻshimcha ssenariylarda koʻrish mumkin. Shuningdek oʻyinda Vesker va boshqa personajlar sifatida oʻynashga imkon beruvchi Mercenaries rejimi ham bor.

2022-yil 3-iyunda xuddi shu nom ostida remeyk eʼlon qilindi va 2023-yil 24-martda sotuvga chiqdi[1].

Bonus rejimlar

tahrir

Oʻyinning PlayStation 2, PlayStation 3, Xbox 360, Windows va Wii versiyalarida asosiy syujetni tugatgandan soʻng, oʻyinchi uchun qoʻshimcha tarzda quyidagi bonus rejimlari ochiladi:

  • Separate ways (inglizchadan Alohida yoʻllar) – eng katta bonus rejim. Mini-oʻyinning syujeti Ada Vong va uning STARSning sobiq aʼzosi Albert Vesker bilan aloqasi atrofida boʻlib oʻtadi[2]. 5 bobdan iborat ssenariy asosiy ssenariyga parallel ravishda rivojlanadi (siz qishloqda Leonni koʻrishingiz mumkin va agar siz uydaga miltiq olmoqchi boʻlsangiz, Ada buni qilishdan bosh tortadi va uni Leon uchun qoldirishi kerakligini aytadi). Garchi Leonning oʻzi ham bu haqida baʼzan bilmasada, butun ssenariy davomida Ada Leonga har tomonlama yordam beradi va uni bir necha marta qutqaradi.
  • Assignment Ada (inglizchadan —Adaning topshirigʻi) – bu qisqa mini-oʻyin boʻlib, unda oʻyinchi yana Ada Vong sifatida oʻynashi kerak boʻladi. Asosiy maqsad – Vesker uchun las plagas namunalarini olib kelish (jami beshtasi bor).
  • The Mercenaries (inglizchadan —Yollanma askarlar) – bu Resident Evil 3: Nemesisdagi xuddi shu nomdagi mini-oʻyinga oʻxshash mini-oʻyindir. Oʻyinchi beshta qahramondan biri uchun oʻynaydi: Leon Skott Kennedi, Ada Vong, Albert Vesker, Jek Krauser va Hunk. Mini-oʻyinning maqsadi maʼlum vaqt ichida iloji boricha koʻproq raqiblarni yoʻq qilishdir.
  • Shooting Gallery (inglizchadan Otishma maydoni) – bu mini-oʻyin boʻlib, unda siz nishonlarga oʻq uzishingiz kerak.

Syujeti

tahrir

2004-yil, sobiq Rakun Siti politsiyasi xodimi Leon Skott Kennedi AQSh hukumati agenti sifatida, sirli kult tomonidan kollejdan oʻgʻirlab ketilgan Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentining qizi Eshli Gremni topishga kirishadi.

Leon olis ispan qishlogʻiga keladi, lekin mahalliy aholi bilan aloqa oʻrnatishga urinish, butun qishloqning Leonga hech qanday sababsiz hujum qilishiga olib keladi. Leon qishloqdagi uylarning biridan mahbusni topib ozod qiladi. Shundan soʻng mahalliy lider Bitores Mendez boshchiligidagi qishloq aholisi paydo boʻladi. Yangi tanishi bilan birga Leon qoʻlga olinadi va keyin Las-Plagas deb nomlanuvchi aqlni boshqaradigan virusni Leonga ukol yordamida yuborishadi.

Leon Madrid sobiq politsiyachisi boʻlgan Luis Sera bilan orqasidan bogʻlangan holda omborxonada oʻziga keladi. Asirlar oʻrtasidagi suhbatni toʻsatdan katta boltasi bilan, mahalliy aholidan biri ularni oʻldirishga harakat qiladi. Ular oʻzlarining kishanlaridan xalos boʻlishga muvaffaq boʻlishadi. Leon Seradan Eshlini cherkovda ushlab turishganini bilib oladi.

Karyer va ombordan oʻtib, Leon yana Bitores Mendez bilan uchrashadi. U Leonda virus yuqqanini payqab uni ozod qiladi. Qahramon qishloqqa cherkovdan topilgan yashirin oʻtish joyi orqali qaytadi va cherkov bilan qabristondan oʻtib, koʻlga boradi, hovuzni kesib oʻtish niyatida motorli qayiqqa oʻtiradi va u yerda unga „Del Lago“ (ispancha: Del Lago) deb nom olgan katta kaltakesak hujumiga uchraydi.

Cherkovda Leon nihoyat Eshlini topishga erishadi va sekta rahbari Ozmund Saddler bilan uchrashishga muvaffaq boʻladi, Saddler prezidentning qiziga ukol qilingan virusdan foydalanish rejalarini Leonga oshkor qiladi. Saddlerning fikriga koʻra, parazit Eshli uyiga qaytganidan keyin Qoʻshma Shtatlarda katta falokat keltirib chiqarishi kerak edi.

Qishloqdan qochib, Leon va Eshli Ramon Salazar qal’asidan boshpana topishga harakat qiladilar, ammo u yerda ham hujumga uchrashadi. Leon va Eshli boshqa-boshqa joylarda oʻzlariga keladi. Oʻsha vaqtda Sera Leon va Eshli uchun viruslarining taʼsirini sekinlashtirish yoʻlini qidirardi. Saddler Luisni oʻldiradi va Las Plagas namunasini qoʻlga kiritadi. Qal’ada Leonning eski tanishi boʻlgan Ada Vong oʻrtasida qisqa uchrashuv boʻlib oʻtadi va Salazarni oʻldiradi. Endi uning yoʻli Eshli saqlanayotgan oroldagi tadqiqot markaziga borish edi. Orolda Leon oʻzining sobiq oʻrtoqlaridan biri Jek Krauser tirik ekanligini va Eshlini oʻgʻirlashda ishtirok etganini bilib oladi. Maʼlum boʻlishicha, Ada va Krauser aslida Umbrella korporatsiyasiga aloqador odamlar uchun birga ishlashmoqda. Krauserni magʻlub etgandan soʻng, Leon Eshlini qutqaradi va maxsus radioterapiya qurilmasi yordamida uning tanasidagi parazitlarni olib tashlaydi. Shundan soʻng, Leon Saddler tomonidan qoʻlga olingan Ada Vongni topadi va uning yordami bilan kult liderini magʻlub qiladi. Leon va Ada yana yoʻllarini ajraladi – Ada oʻz ish beruvchisi uchun parazitdan namuna oladi va vertolyotda majmuadan uchib ketadi. Ada Leon va Eshliga orol portlashidan oldin, reaktiv mototsiklida qochish imkoniyatini qoldiradi.

Saundtreki

tahrir

2005-yil 22-dekabrda Yaponiyada Biohazard 4 Original Soundtrack nomli Misao Senbongi (inglizcha: Misao Senbongi) va Shusaku Ushiyama (inglizcha: Shusaku Uchiyama)[3] tomonidan yaratilgan albom chiqdi.

Диск 1 [Darkness Side]
NomiDavomiyligi
1.„End of Umbrella“1:13
2.„The Drive ~ First Contact“2:11
3.„Ganado I“2:06
4.„A Strange Pasture“2:03
5.„A Ruined Village“3:55
6.„Ganado II“1:27
7.„Serenity“1:21
8.„Ganado III“2:32
9.„Del Lago“1:19
10.„Noche“2:00
11.„El Gigante“1:37
12.„Echo in the Night“2:30
13.„Bitores Mendez“2:31
14.„Hard Road to the Castle“1:20
15.„Game Over“0:10
16.„Catapult“2:37
17.„Garrador“2:09
18.„Ganado IV“2:30
19.„Cold Sweat“1:53
20.„Target Practice“2:21
Jami davomiyligi:62:20

Adabiyotlar

tahrir
  • FuturePress. Resident Evil 4: The Official Strategy Guide. – Gamburg, Germaniya: Future Press, 1 yanvarya 2005. – 48 s. – ISBN 3937336508.
  • Dan Birlew. OSG Resident Evil 4 PS2 (Official Strategy Guides). – Indianapolis, SShA: Bradygames, 18 oktyabrya 2005. – 256 s. – ISBN 0-74400-557-4.
  • Biohazard 4 The Fastest Official Guide = バイオハザード4 最速オフィシャルガイド. – Yaponiya: Capcom, 5 yanvar 2005. – 112 s. – (Capcom Official Books). – ISBN 4-906582-41-9.
  • Resident Evil 4 Biohazard Perfect Capture Guide (for GC Biohazard 4) = バイオハザード4 完全攻略ガイド. – Tokio, Yaponiya: Futabasha, 5 marta 2005. – 287 s. – (CAPCOM KANPEKI KŌRYAKU Series 50). – ISBN 4-575-16436-4.
  • Biohazard 4 Kaitaishinsho (for GC Biohazard 4) = バイオハザード4 最速オフィシャルガイド. – Tokio, Yaponiya: EnterBrain, 2 aprel 2005. – 464 s. – (Studio Bent Stuff). – ISBN 4-7577-2258-3.
  • Biohazard 4 The Fastest Official Guide = バイオハザード4 最速オフィシャルガイド. – Yaponiya: Capcom, 5 yanvar 2005. – 112 s. – (Capcom Official Books). – ISBN 4-906582-41-9.
  • Biohazard 4 Kaitaishinsho Kaitei Ban (for GC Biohazard 4) = バイオハザード4 解体真書 改訂版. – Tokio, Yaponiya: EnterBrain, 16 yanvar 2006. – 512 s. – (Studio Bent Stuff). – ISBN 4-7577-2638-4.
  • Biohazard 4 Film DVD Book Incubate = バイオハザード4 フィルム DVD ブック インキュベート. – Yaponiya: Capcom, 6 oktyabr 2006. – 24 s. – (Book + DVD). – ISBN 9784862330802.
  • Biohazard 4 Wii Edition Official Complete Guide = バイオハザード4 Wiiエディション オフィシャルコンプリートガイド. – Yaponiya: Capcom, 31 maya 2007. – 304 s. – (Guide Book). – ISBN 9784862331434.
  • Stephen Stratton. Resident Evil 4 (Wii Version): Prima Official Game Guide. – Rozvill, SShA: Prima Games; Pap/Pstr edition, 26 iyun 2007. – 304 s. – ISBN 978-0761557012.
  • BradyGames (COR). Resident Evil: Archives. Volume II. – Indianapolis, SShA: BradyGames, 12 yanvar 2011. – 304 s. – ISBN 9780744013214.
  • Biohazard 4 Soundtrack Book = バイオハザード4 サウンドトラック ブック. – Yaponiya: Capcom, 22 dekabrya 2005. – 48 s. – (Book + Audio CD). – ISBN 4-86233-012-6.
  • Biohazard 4 Clear Navigation Book (for PS2 Biohazard 4) = バイオハザード4 クリアナビゲーションブック. – Tokio, Yaponiya: Futabasha, 10 dekabr 2005. – 255 s. – (CAPCOM KANPEKI KŌRYAKU Series 58). – ISBN 4-575-16436-4.
  • Frank Glaser. Resident Evil 4: The Official Strategy Guide. – Gamburg, Germaniya: Future Press, 10 aprel 2005. – 212 s. – ISBN 978-3937336343.

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Дата выхода и трейлер Resident Evil 4 Remake“ (2022-yil 3-iyun). 2022-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyun.
  2. Nix. „Resident Evil 4: Separate Ways“ (en). IGN (2005-yil 26-sentyabr). 2012-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 3-sentyabr.
  3. „Biohazard 4 Soundtrack Book Original Soundtrack + Visual Booklet“ (en). Play-Asia.com. 2012-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.