Respublika kuni (turkcha: Cumhuriyet Bayramı) Turkiyada va qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasida milliy bayramdir hisoblanadi. 1923-yildan buyon Turkiya Respublikasining e’lon qilinishi sharafiga har yili nishonlanadigan bayramdir.

Respublika kuni (Turkiya)
{{{holiday_name}}}
Mustafo Kamol Otaturkning Jumhuriyatning o'n yilligiga bag'ishlangan nutqi.
Rasmiy nomi turkcha: Cumhuriyet Bayramı
Boshqa nomlari Yigirma toʻqqizinchi oktyabr (turkcha: Yirmi Dokuz Ekim)
Nishonlovchilar 1923-yil Turkiya Buyuk Millat Majlisi tomonidan respublika eʼlon qilingan kun.
Turi Milliy
Boshlanishi 29-oktyabr 1923-yil
Nishonlanishi Salyutlar, konsertlar, paradlar, maktablardagi tadbirlar, madaniy dasturlar bilan o'tkaziladi
Qoidalari  Turkiya
 Shimoliy Kipr

Tarixi

tahrir

1923-yil 29-oktabrda Mustafo Kamol Otaturk Turkiyani Respublika deb e’lon qildi va bu voqea sharafiga milliy bayram sifatida Respublika (Jumhuriyat) kuni tashkil etildi. Turkiya 1920-yilning 23-aprelida Turkiya Buyuk Millat Majlisi tashkil etilgandan beri amalda respublika boʻlgan, biroq Turkiya Respublikasining rasmiy eʼlon qilinishi oradan uch yarim yil oʻtibgina sodir boʻldi.

1923-yil 29-oktyabrda davlatning respublika maqomi eʼlon qilindi va uning rasmiy nomi (turkcha: Türkiye Cumhuriyeti) „Turkiya Respublikasi“ boʻldi. Shundan soʻng Turkiya Buyuk Millat Majlisida ovoz berish boʻlib oʻtdi, uning natijalariga koʻra Mustafo Kamol Otaturk Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti boʻldi.

Eslatmalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • Marat Terterov, Turkiya: Biznes va sarmoya sharhi, GMB Publishing Ltd, 2006, p. 94.

Havolalar

tahrir