Oʻquvchi va oʻsmirlar texnika ijodiyot markazi, Respublika oʻquvchi va oʻsmirlar texnika ijodiyot.markazi — oʻquvchi va oʻsmirlar bilan texnikaga oid mashgulotlar olib boruvchi maktabdan gashqari bolalar muassasasi. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tasarrufida. 1930-yil bolalar texnika va qishloq xoʻjaligi stansiyasi nomi bilan tashkil etilgan. 1934-yildan texnika st-yasi, 1948-yildan Respublika yosh texniklar st-yasi, 1960-yildan Markaziy yosh texniklar st-yasi deb nomlangan; 1991-yildan hozirgi nomda. Markaz oʻquvchi va oʻsmirlarning boʻsh vaqtlarini koʻngilli hamda unumli oʻtkazishlari uchun ularni texnika toʻgaraklariga jalb etib, texnikaga boʻlgan havasini kuchaytiradi, maktabda olgan nazariy bilimlarini amalda sinab koʻrish imkoniyatini yaratadi, texnikaga oid bilimlarini boyitadi, kasb-hunarga boʻlgan layoqatlari, qiziqishlarini aniqlashga yordam beradi. Shuningdek, sportning texnika turlari boʻyicha kadrlar tayyorlash va musobaqalar oʻgkazishni tashkil etadi. 2005-yil Oʻzbekiston Respublikasida 136 texnika ijodiyot markazi, 8309 toʻgarak va 2715 toʻgarak rahbari faoliyat yuritdi; toʻgarak mashgʻulotlarida 66 yoʻnalish boʻyicha 92 ming oʻquvchi va oʻsmir ishtirok etdi.