Retsept
Retsept (francuzcha. recipio — qabul qilayapman, olayapman) — Vrachning dorixonaga maʼlum shakldagi yozma murojaati, unda dorini tayyorlash va berish, shuningdek, undan qanday foydalanish haqidagi koʻrsatmalar boʻladi. Retsept siyoh bilan yozilishi shart. Unda bemorning ism-sharifi, yoshi koʻrsatilib, tashkilot va vrachning muhri boʻlishi lozim. Yuridik hujjat boʻlib, dorilarning toʻgʻri tayyorlanganligi, muddati va boshqalarni tekshirish imkonini beradi[1].
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |