Reysshina
Reysshina (nem. reipen — chizmoq va Schiene — shina, rels) — parallel va perpendikulyar chiziklarni chizish uchun ishlatiladigan chizmachilik asbobi. Bir uchiga koʻndalang taxtacha (plyonka) mahkamlangan. Ikki plankali (uz. 800–1400 mm) va bir plankali (500–700 mm) qilib ishlab chikariladi. Chizmachilik taxtasi qirrasiga qoʻyib, turli burchak ostidagi chiziqlarni chizish uchun koʻndalang taxtacha buriladigan qilib yasaladi. R. qattiq jinsli yogʻochdan qilinadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |