Rezavor mevali oʻsimliklar — sershira rezavor meva beruvchi koʻp yillik buta, chala utsimon oʻsimliklarning katta guruhi. Mevali oʻsimliklar guruhiga kiradi, yovvoyi va ekma quritilgan holda isteʼmol qilinadi, ulardan qiyom, sharbat, murabbo, vino va boshqa tayyorlanadi. Rezavor mevalar, Mas, krijovnik, maymunjon, kulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa)lar tarkibida inson salomatligi uchun zarur boʻlgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar, xushboʻy moddalar koʻp; baʼzilari (Mas, zirk, malina, qorag'at, qora mevali ryabina) dorivorlik ahamiyatiga ega. Mevalari isteʼmol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari Yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi moʻʼtadil mamlakatlarda koʻp oʻstiriladi. Oʻzbekistonda kulupnay, malina, smorodina koʻp ekiladi. Rezavor mevali oʻsimliklaroʻ. vegetativ yoʻl bilan (kalamchasidan, parhish qilib, bachkisidan va gajakchasidan) koʻpaytiriladi. Koʻchati bahorda va kuzda ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona oʻtlardan toza holda tutiladi, oʻgʻitlanadi, vaqtivaqti bilan sugʻoriladi. Rezavor mevali oʻsimliklaroʻ. hosilga erta (kulupnay 2yili; malina 3yili; smorodina, krijovnik 3—4yili) kiradi va har yili hosil beradi.

Adabiyot

tahrir
  • Burmistrov A.D. Yagodnie kulturi, 2 izd. L., 1985; Abdullayev R., Yagudina S, Tomorqada yetishtiriladigan rezavor mevalar, T., 1989.

Rixsivoy Joʻrayev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil