Rodiy
Rodiy(Rh) | |
---|---|
Atom raqami | 45 |
Koʻrinishi | Oq-kumush rangli qattiq metall |
Atom xossasi | |
Atom massasi (molyar massasi) |
102.9055 m. a. b. (g/mol) |
Atom radiusi | 134 pm |
Ionlashish energiyasi (birinchi elektron) |
719.5(7.46) kJ/mol (eV) |
Elektron konfiguratsiyasi | [Kr] 4d8 5s1 |
Kimyoviy xossalari | |
Kovalentlik radiusi | 125 pm |
Ion radiusi | (+3e)68 pm |
Elektrmanfiylik (poling boʻyicha) |
2.28 |
Elektrod potensiali | 0 |
Oksidlanish darajasi | 5, 4, 3, 2, 1, 0 |
Termodinamik xossalari | |
Zichlik | 12.41 g/sm³ |
Solishtirma issiqlik sigʻimi | 0.244 J/(K·mol) |
Issiqlik oʻtkazuvchanlik | 150 Vt/(m·K) |
Erish harorati | 2239 K |
Erish issiqligi | 21.8 kJ/mol |
Qaynash harorati | 4000 K |
Qaynash issiqligi | 494 kJ/mol |
Molyar hajm | 8.3 sm³/mol |
Kristall panjarasi | |
Panjara tuzilishi | kubik markazlashgan |
Panjara davri | 3.800 Å |
Panjara/atom nisbati | n/a |
Debye harorati | n/a K |
45 | Rodiy
|
Rh | |
4d85s1 |
Rodiy (yun. rhodon — atirgul; lotincha Rhodium), Rh — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha boʻlgan bir necha izotopi hosil boʻladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803-yilda metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer poʻstining massa jihatidan 110"7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonkoʻkish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1960°, kaynash temperaturasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 g/sm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa choʻgʻ holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga oʻtadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli boʻladi. Koʻpincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari maʼlum.
Rodiy platina affinajida hosil boʻladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qoʻllanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora boʻyoq olishda foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |