Richard Stone
STOUN (Stone) Richard (1913-1991.6.12, London) — ingliz iqtisodchisi. Kembrij universitetini tugatgan (1935). 1945-yildan Kembrij universitetida dars bergan, moliya va buxgalteriya hisobi fakulteti professor, Iqtisodiy jamiyat va xalqaro statistika instituti prezidenti (1955). S. koʻpgina mamlakatlarda qoʻllanilayotgan milliy hisoblar tizimini yaratdi. Iqgisodiy qarashlarida neokeynechilik tarafdori boʻlib, iqtisodiy oʻsishning koʻp sektorli modelini yaratdi, amaliy ekonometrika sohasida tadqiqotlar olib bordi. Uning milliy hisoblarga moliya balansi tizimini kiritishi katta yangilik boʻldi. Amaliy ekonometrika sohasida 1954-yilda chiqqan "Buyuk Britaniyada isteʼmol afzalligi va harajatlar hisobi. 1920— 1938" kitobi klassik asar hisoblanadi. Nobel mukofoti laureati (1984). As: Metod "zatrati vipusk" i natsionalnie scheta (per. s angl.), M., 1966[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |