Rifey
Rifey (lotincha: Ri phaei montes — Rifey togʻlari; qad. geograflar Ural togʻlarini baʼzan shunday ataganlar) — kechki pjembriyga mansub yirik stratigrafik boʻlinma. Geologik yoshi 1650—570 mln. yil boʻlgan, kam oʻzgarishga uchragan togʻ jinslaridan iborat; kembriy davri [q. Kembriy sistemasi (davri)] bilanalmashgan. R. 1945-yil rus geologi N.S. Shatskiy tomonidan Janubiy Uralda aniqlangan. taxminan yuqori proterozoy (qarang Proterozoy "guruhi") ga muvofiq keladi. R. tarkibida 4 ta boʻlinma mavjud: quyi, oʻrta, yuqori va vend. Soʻnggi boʻlinmaga mustaqil majmua sifatida qaraladi va koʻpincha terminal R., yoki vendomi deb ataladi. Shu 4 boʻlinmaning har biri tarkibida R. yotqiziklarini boʻlimlarga ajratish va korrelyasiya qilishda asos boʻladigan koʻkyashil suvoʻtlar qoldiklari (stromatolitlar)ning oʻziga xos majmuini koʻrish mumkin.
R.ning dengiz va quruqlikdagi yotqiziklari barcha materikda tarqalgan. Platformalar R.da paleozoydagiga nisbatan kichiroq maydonni egallagan. Ular yassi quruqlikdan iborat boʻlib, ustidagi qad. jinslar yuvilib ketgan. Nuragan jinslar esa bukilmalarda toʻplana borgan. Geosinklinal sistemalarning tashqi bukilmalarida qumtoshli jinslar bilan birga gilli karbonatli, baʼzan flish (Tyanshanda) yotqiziklari vujudga kelgan. Okean tubidagi Yer pusti ichki bukilmalarida suv osti vulkan mahsulotlari yigʻilgan. R. oxirida keng maydonlarda motsslar yotqizilgan. R.da arid (quruq) ikdim boʻlganligi uchun qizil yotqiziqlar toʻplangan. Biroq yuqori R.ning 2-yarmida va terminal R.da koʻp oʻlkalarda muzlik yotqiziklari uchraydi.
R.ning kabonatli jinslarida koʻplab stromatolitlar mavjud. Qatlamlarni ajratishda mikrofitolitlar muhim ahamiyatga ega. R. choʻkindilarida stratigrafik ahamiyatga ega boʻlgan akritarxlar mavjud. R.da umurtqasizlarning dastlabki tiplari paydo boʻlib, erta paleozoyda ravnaq topgan. R.ning yuqori qismida skeletsiz koʻp hujayrali hayvonlar uchraydi. Halqali chuvalchanglar yaxshi namoyon boʻlgan.
Foydali qazilmalardan R. choʻkindilarida temir rudasi, fosforitlar, ayrim joylarda qoʻrgʻoshinrux, Ekvatorial Afrikada mis, kobalt va uran rudalari mavjud. Sibir platformasida terminal R.da gazkondensatlar va neft uyumlari aniqlangan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |