Riffa (arabcha: الرفاع, Ar-Rifāʿ[1]) – Bahrayn qirolligining maydoni boʻyicha ikkinchi yirik shahri[2]. Riffa uch qismga boʻlinadi: Sharqiy Riffa, Gʻarbiy Riffa va Shimoliy Riffa. Shahar toʻliq janubiy gubernatorlikda joylashgan.

Riffa

الرفاع
26°7′48″N 50°33′18″E / 26.13000°N 50.55500°E / 26.13000; 50.55500
Mamlakat Bahrayn
Gubernatorlik Janubiy gubernatorlik
Hukumat
 • Gubernator Khalifa bin Ali bin Khalifa Al Khalifa
Asos solingan 1811-yil
Maydon 41 km2 (16 kv mi)
Aholisi
 (2018)
195,606 kishi
Vaqt mintaqasi UTC+3
Riffa xaritada

Shahar ahoisi tez oʻsib bormoqda, 2001-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlarida aholisi soni 79,550 kishi boʻlgan, 2008-yilga kelib esa shahar aholisi 111,000 kishini tashkil etgan[3]. Shahar aholisi 2018-yilda 195,606 kishiga yetgan.

Tarixi

tahrir

Riffa XIX asr davomida Manama porti bu nomni olgunga qadar Bahrayndagi asosiy aholi punkti boʻlgan[1].

Sharqiy Riffa

tahrir

Sharqiy Riffa koʻplab diqqatga sazovor joylarga ega, shunday diqqatga sazovor boʻlgan joylardan biri Riffa qal’asi boʻlib, u Sheikh Salman Bin Ahmad Al Fateh Forti nomi bilan tanilgan. Shaharda bir nechta savdo markazlari va ikkita asosiy savdo koʻchalari mavjud: Riffa bozori (سوق الرفاع, Souk ar-Rifa) va Bukuwara koʻchasidagi bozor. Birinchi qismi kattaroq, ikkinchisi esa koʻproq tashkillashtirilgan va zamonaviylashtirilgan. Royal Golf Clubda golf oʻynash bu hududdagi eng yaxshi mashgʻulotlardan biri hisoblanadi[4]. Arcapita tomonidan yaratilgan Riffa Views deb nomlanuvchi yangi loyiha katta turar-joy va tijorat markazi[5]. Loyiha sunʼiy koʻllar, xalqaro maktab, tijorat markazlari, supermarketlarni oʻz ichiga oladi[6]. Shu bilan birga, bu yerda yaqinda ochilgan Royal Womenʼs University ham joylashgan. Enma mall va Lulu Hypermarket Mall Sharqiy Riffadagi tez rivojlanib borayotgan savdo markazlari hisoblanadi.

Gʻarbiy Riffa

tahrir

Gʻarbiy Riffa asosan turar-joy hududi sanaladi. Hukumat oilasi, vazirlar va biznes investorlarining aksariyati Gʻarbiy Riffada yashaydi. U yerda Bahrayn qiroli Hamad ibn Iso al Xalifa va Bosh vaziri Sheikh Xalifa ibn Salmon al Xalifa ham yashaydi. Riffaning mashhur soat minorasi Gʻarbiy Riffaning markazida joylashgan.

Gʻarbiy Riffada Bahraynning sobiq hukumat vakillari, Sheikh Salman bin Hamad va Sheikh Isa bin Salman Al Khalifa yashagan Riffa Palace kabi turli diqqatga sazovor joylar mavjud. Shuningdek, Gʻarbiy Riffa bir vaqtlar Bahraynning eng toza va eng yaxshi suviga ega boʻlgan, Al Hunaynya va Umm Ghwayfa kabi buloqlarga ega.

Adabiyotlar

tahrir
  • „Bahrein“ , Encyclopædia Britannica, 9th ed., Vol. III, New York: Charles Scribner's Sons, 1878, 240-bet.

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir