Rikketsiylar (Rickettsiaceae) -bakteriyalar oilasi. Qoyali togʻlar dogʻli isitma kasalligi qoʻzgatuvchisini ilk bor aniqlagan amerikalik mikrobiolog X. T. Rikkets nomi bilan atalgan. Odatda, sharsimon yoki tayokchasimon shaklda, oʻlchami 0,2—0,6 mkm, harakatsiz, grammanfiy; 2 marta boʻlinish orqali koʻpayadi; spora hosil qilmaydi. Boʻgʻimoyoqlilar va issiq qonlilar, jumladan, odam organizmi hujayralari ichida parazitlik qiladi. Shimoliy Osiyoda odam va hayvonlarda toshmali terlama, qoyali togʻlar dogʻli isitmasi, kana rikketsiozi, Ku isitmasi va boshqa kasalliklarni qoʻzgʻatadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil