Rim pakti
Rim pakti — Italiya va Fransiya oʻrtasida tuzilgan bitim. 1935-yil 7 yanvarda B. Mussolini va Fransiya tashqi ishlar vaziri R. Laval tomonidan imzolangan. Undan koʻzlangan maqsad Ikkinchi jahon urushi arafasida kuchlar muvozanatini yuzaga keltirishga urinish edi. Rim paktiga koʻra, Fransiya Afrikadagi oʻz mustamlaka hududlarining maʼlum qismini Italiyaga bushatib berdi. Buning evaziga Italiya Chad kuli havzalariga qilinayotgan daʼvolarini, Tunisda olib borilayotgan aksilfransuz tashviqotini toʻxtatish majburiyatini oldi. Rim pakti Fransiya taxmin qilganidek, Germaniya—Italiya yaqinlashuvini bartaraf etmadi, ayni vaqtda, Italiyaning 1935—36 y.gi Efiopiyaga qilgan tajovuzi amalga oshishiga imkon yaratdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |