Rishi Sunak
Rishi Sunak (talaffuzi: Rishi Sunak; 1980-yil 12-mayda tugʻilgan[2]) — britaniyalik siyosatchi. 2020-yil 13-fevraldan 2022-yil 5-iyulgacha gʻaznachilik kansleri[3] va 2019-yil 24-iyuldan 2020-yil 13-fevralgacha gʻaznachilik bosh kotibi boʻlib ishlagan[3]. Konservativ partiya aʼzosi, 2015-yildan parlament aʼzosi[4].
Rishi Sunak | |
---|---|
79-Birlashgan Qirollik Bosh vaziri | |
Mansab davri 25-oktabr 2022-yil – 5-iyul 2024-yil | |
Monarx | Charls III |
Oʻtmishdoshi | Liz Truss |
Vorisi | Kir Starmer |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 12-may 1980-yil |
Fuqaroligi | Birlashgan Qirollik |
Millati | hind |
Turmush oʻrtogʻi |
Akshata Murty (turm. 2009) |
Bolalari | 2 |
Qarindoshlari | Akxat Merti (qaynotasi) |
Dini | Hinduizm[1] |
Bolalik yillari
tahrirUning ota-onasi asli kelib chiqishi hindlar boʻlib, ular 1960-yilda Sautgemptonga Sharqiy Afrikadan koʻchib kelgan.
Taʼlim
tahrirWinchester kollejida tahsil olgan.
Siyosiy faoliyati
tahrirRishi Sunak Buyuk Britaniya Jamoatlar palatasiga ilk bor 2015-yilda saylanadi. 2018-yilda esa Tereza Mey hukumatida vazir yordamchisi lavozimini egallaydi. 2019-yil iyul oyida uni Boris Johnson hukumatida gʻaznachilik bosh kotibi lavozimiga tayinlanadi. 2020-yil fevralidan esa Sunak Britaniya moliya vazirligini boshqarishga kirishadi[4]. Sunak Konservativ partiya yetakchiligi uchun 2022-yil yozida boʻlib oʻtgan saylovlarda ham favoritlardan biri edi, biroq final bosqichida sobiq tashqi ishlar vaziri Lizz Trussga yutqazib qoʻyadi. Truss xonim mamlakat bosh vazirligida sentyabr-oktyabr oylarida jami 45 kungina ishladi, u taklif etgan iqtisodiy islohotlar jamoatchilik tomonidan juda yomon qarshi olingach, isteʼfo berishga majbur boʻldi[4].
Bosh vazir
tahrirBBC News tarqatgan xabarga koʻra, Jamoatlar palatasi raisi Penni Mordont Sunak foydasiga oʻz nomzodini qaytarib olishini eʼlon qilgach, Sunak bosh vazirlikka ovoz berish jarayonida Konservativ partiya rahbarligi uchun yagona nomzod boʻlib qoldi va ushbu partiyaning yangi rahbari hamda oʻz-oʻzidan mamlakatning yangi bosh vaziriga aylanadi. Mordont xonim saylovda rasman nomzodini ilgari surish uchun yetarli miqdorda (100 nafar) deputatlarning qoʻllab-quvvatlashiga ega boʻla olmadi. OAVdagi soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, parlamentdagi konservator deputatlarning (jami 357 nafar) 193 nafari Sunakni qoʻllab qoʻllashini bildirgan, Mordontda esa faqatgina 26 nafar deputat hayrihoxlik bildirgan.
Sobiq bosh vazir Boris Johnson 102 nafar deputat tomonidan qoʻllab-quvvatlovga ega ekani, lekin hozirgi vaziyatda hukumat rahbarligiga qaytish uchun qulay vaqt emas deb hisoblab, saylovda qatnashish niyatidan voz kechgani haqida aytgandi[5].
Sunakdan avvalgi bosh vazir Liz Truss hukumatni bor-yoʻgʻi 45 kungina boshqardi.
Sunak yangi bosh vazir boʻlishi haqida shuningdek, Jamoatlar palatasida partiyaning yangi rahbarini saylash jarayoni bilan shugʻullanuvchi qoʻmitani boshqaruvchi ser Grem Bredi ham maʼlum qilgan. Sunak rasman 25-oktabr kunidan yangi lavozimiga kirishadi[4].
Sunak Birlashgan qirollik tarixida hinduizm diniga eʼtiqod qiluvchi olk bosh vazir boʻldi[1].
Oilasi
tahrirOilali, ikki nafar qizi bor. Sunakning takidlashicha uning barcha oila aʼzolari hinduizm diniga eʼtiqod qiladi[1].
„New York Post“ gazetasining yozishicha, Sunak va uning rafiqasi Narayana Murt (hind milliarderi Akxat Mertining qizi) qirol Charlz III va uning rafiqasi Kamilladan ham boyroqdir[6], „Sunday Times Rich List“ 2022-yil ma’lumotlariga koʻra, Sunak rafiqasi Akshata Murty bilan birgalikda 730 million funt sterlinglik katta boylikka ega. Bu esa boyligi 300 million funt sterlingga teng deb baholangan qirol Charlz III va qirolicha-konsort Kamillaning boyligidan ikki baravar koʻp demakdir[7].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ Paul, Anna „Find out more about Rishi Sunak as the Tory Party leader race concludes“. Metro (5-sentyabr 2022-yil). Qaraldi: 9-sentyabr 2022-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Britaniya sobiq moliya vaziri Konservativ partiya rahbarligi uchun poygada yetakchilik qilmoqda“. Kun.uz.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 4,3 „Rishi Sunak Britaniyaning yangi bosh vaziri bo‘ladi. Unga raqib qolmadi“ (oʻzbekcha). kun.uz. Qaraldi: 25-noyabr.
- ↑ „Boris Jonson poygadan chiqdi“ (oʻzbekcha). kun.uz (25-noyabr). Qaraldi: 25-noyabr.
- ↑ Boyligi(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Qiroldan ham badavlat: Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Rishi Sunak qancha boylikka ega?“. daryo.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.