Rishton svitasi — Fargʻona bo tigʻi va Hisor togʻlarining jan.gʻarbida tarqalgan stratigrafik birlik. Rishton qishlogʻi nomiga qoʻyilgan. O.S.Vyalov tomonidan ajratilgan (1935). Kesmasining pastki qismi — 4neftli qatlam ohaktosh, qumli ohaktosh, qumtosh, chigʻanoqtosh va mergellardan iborat. Qalinligi 15 m gacha. Unda ikki tavaqali mollyuskalar va gastropodalarning toshqotgan qoldiqlari uchraydi. Kesma ustki qismini qalinligi 30 m ga yetadigan chigʻanoqtoshlar qatlamchalariga ega alevritli gillar tashkil etadi va ularda ikki tavaqali mollyuskalar, gastropodalar va foraminiferalarning toshqotgan qoldiqlari mavjud. Rishton svitasining umumiy qalinligi 45 m ga yetadi, ostida turki ston, gulizindon svitalari muvofiq yotadi va isfara svitasi bilan yoki baʼzi joylarda yuvilgan neogen qatlami bilan qoplangan. Tarkibida: 1) Liostrea simplex, 2) Platigena asiatica, 3) Chlamys turgaicus qatlamlari ajratilgan. Yoshi oʻrta eotsen boʻlimi (barton yarusi)ga mansub. Stratifafik ahamiyatga ega.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil