Rising Auto F7 (Feifan F7) — 2023-yil 5-fevral kuni Xitoyning SAIC Motor kompaniyasiga tegishli Feifan brendi tomonidan rasmiy premyerasi boʻlib oʻtishi kutilayotgan elektr sedani. Avtomobil uzunligi 5 metrni, quvvati esa salkam 500 ot kuchini tashkil qiladi. Sedan quvvat zaxirasi 666 km masofani bosib oʻtish imkonini beradi. Avtomobil batareyalari ham oddiy (yechilmaydigan), ham almashtiriladigan versiyalarda ishlab chiqariladi[1]

Rising Auto F7
Asosiy maʼlumotlar
Ishlab chiqaruvchi SAIC
Boshqa nomlari Feifan F7
Model yili 2023-yil
Segment D
Kuch moslamalari
Quvvati 294 ot kuchi
498 ot kuchi
Oʻlchamlari
Gʻildirak bazasi 3000 mm
Uzunligi 5000 mm
Kengligi 1953 mm
Balandligi 1494 mm

Texnik koʻrsatkichlari

tahrir

Feifan F7 sedaning oʻlchamlari: uzunligi 5000 mm, eni 1953 mm, 1494 mm ni tashkil qiladi. Gʻildirak bazasi uzunligi esa 3000 mm. Avtomobil ichki qismining oʻziga xos xususiyati shuki, uning old panelida uchta monitor joylashtirilganligidir. Avtomobilga Qualcomm Snapdragon 8155 SoC va xususiy RISING OT oʻrnatilgan[1].

Feifan F7 odatiy yechilmaydigan tortish batareyasi bilan ham, yechiladigan batareya bilan ham taqdim etiladi. Xitoyda barcha elektr transport vositalari ishlab chiqaruvchilari avtomobillarni bu kabi taklif qilmaydi[1].

Sedanning bazaviy versiyasi orqa gʻildiraklari tortuvchi hisoblanib, 294 ot kuchiga ega dvigatelga ega, quvvat zaxirasi esa 600 km masofani bosib oʻtishga yetadi. Top versiyasi esa umumiy quvvati 498 ot kuchiga ega boʻlgan ikkita elektr motorli elektr boʻlib, quvvat zaxirasi 666 km masofani bosib oʻtishga yetadi[1].

Galereya

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir