Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mang‘itiya
Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya (Risola yoxud mangʻitlar saltanatining qisqacha tarixi) – tarixiy asar. Muallifi Ahmad Donish. Asar Buxoro amirligida hukmronlik qilgan mangʻitlar sulolasi vakillari tarixiga bagʻishlangan. 1895–1897-yillarda yozib tugallangan[1]. Asarning Samarqand, Buxoro, Toshkent, Dushanbe nashr mavjud boʻlib, asli qanday nomlanganligi aniqlanmagan. Sababi shundaki, Ahmad Donish ushbu asarga nom bermagan. Asarning ilmiy-tanqidiy nashri Tojikiston Fanlar akademiyasi akademigi Abdugʻani Mirzoyev tomonidan arab alifbosida nashr etilgan[2]. Asardan Ibrohim Moʻminov, Z.Rajabov, A.Bahovuddinov kabilar oʻz tadqiqotlarida foydalanishgan. 1967-yilda asar I. Najafova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan[3]. 2014-yilda asar izohlar bilan birgalikda oʻzbek tiliga Qiyomiddin Yoʻldoshev tomonidan tarjima qilingan. Qiyomiddin Yoʻldoshev fikriga koʻra asar ancha murakkab tilda yozilgan[4]. Asar mangʻitlar sulolasi tarixi Amir Doniyoldan boshlanib, Amir Abdulahadxongacha boʻlgan voqealarni oʻz ichiga oladi[2]. Asarda Amir Shohmurod davrida qoʻgirchoqchilik avj olgan[2]. Amir Shohmurod davrida esa islohotlar oʻtkazilganligi, soliqlar kamaytirilganligi asarda qayd etilgan[5]. Amir Haydar davrini Ahmad Donish asarida diniy ilmlar markaziga Buxoro aylanganligini yozgan. Amir Nasrulloni esa u kuchli va shavqatsiz hukmdor sifatida tasvirlaydi. Asarning koʻpchilik va katta qismi Amir Muzaffarxon davriga bagʻishlanadi. Ahmad Donish Amir Muzaffarxonga nisbattan salbiy munosabatda boʻlgan. Chunki ular oʻrtasida shaxsiy xusumat borligini asardan bilish mumkin[6]. Risola yo muxtasare az tarixi saltanati xonadoni mangʻitiya asarida hukmdorlarning salbiy jihatlari ochiq bayon qilingan[7].
Muallif(lar) | Ahmad Donish |
---|---|
Tarjimon(lar) | Qiyomiddin Yoʻldoshev |
Til | fors |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2014-yil |
Manbalar
tahrir- ↑ Аҳмад Дониш 2014, s. 3.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 Тўраев 2023, s. 127.
- ↑ Аҳмад Дониш 2014, s. 4.
- ↑ Аҳмад Дониш 2014, s. 5.
- ↑ Тўраев 2023, s. 128.
- ↑ Тўраев 2023, s. 129.
- ↑ Тўраев 2023, s. 130.
Adabiyotlar
tahrir- Аҳмад Дониш. Рисола ёхуд манғитлар салтанатининг қисқача тарихи. Тошкент: Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2014 — 144-bet.
- Тўраев Ҳ. Бухоро тарихи ёзма манбалари. Бухоро: Durdona, 2023 — 204-bet.