Ritsarlar (nem, Ritter, dastlab — chavandoz) — oʻrta asrlarda Gʻarbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlarida imtiyozli ijtimoiy qatlam: keng maʼnoda — barcha oqsuyak mulqdorlar (feodallar), tor maʼnoda — fakat mayda oqsuyak mulkdorlar. Vassallik munosabatlari orqali oʻz senʼorlariga karam boʻlgan. Ritsarlar ulardan yer mulki (feod) olib, evaziga qoʻshinda suvoriy xizmatini oʻtaganlar. Ritsarlarning jangovaroti, qimmatbaho ogʻir qurollari (qilich, qalqon, sovut) boʻlishi lozim edi, u maxsus ritsarlik taʼlimini olgan, turnirlarda qatnashgan. Ritsarlar uchun quyidagi axloqiy normalar: jasurlik, omonatga sadoqat, ayollarga nisbatan olijanoblik shart bulgan. Shundan (majoziy maʼnoda) ritsarlar — fidokor, olijanob insonlar. 12—14-asrlarda ritsarlar harbiy kuch sifatida katta ahamiyatga ega bulgan. 15—16-asrlarda muntazam armiyalar tuzilishi va uqotar qurollarning tarqalishi bilan ularga ehtiyoj qolmagan. ritsarlar dvoryanlar tabaqasining asosini tashkil etgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil