Rixter shkalasi - magnitudalar (tebranishlar yoki silkinishlar qiymati) boʻyicha zilzilalarni tasniflovchi jadval. Zilzila (yoki portlash) vaqtida yuzaga keluvchi seysmik toʻlqinlar energiyasini baholashga asoslanadi. Rixter shkalasiga 9 balli sistema asos kilib olingan. Rixter shkalasi boʻyicha zilzila magnitudasi va 12 balli shkala boʻyicha epitsentr (zilzila oʻchogʻi) dagi uning kuchi oʻrtasidagi nisbat oʻchoqning chuqurligiga bogʻliq. Shkala 1935-yil amerikalik seysmolog Ch. Rixter tomonidan taklif etilgan, 1941—45 yillarda B. Gutenberg bilan birgalikda nazariy jihatdan asoslab berilgan (qarang Zilzila, Seysmik shkala).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil