Riyoziy Imomuddin (? — Samarqand — 1479) — shoir, xattot va hofiz. Samarqand madrasalaridan biridatahsil koʻrgan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan. R. haqida maʼlumot, sheʼrlaridan namunalar "Majolisunnafois"dauchraydi. R. yoshligidan sheʼriyatga qiziqqan, salaflari ijodini qunt bilan oʻrgangan. Ilmi musiqiy, ilmi nujum va boshqa fanlar bilan ham shugʻullangan. Mumtoz adabiyotning anʼanaviy janrlarida turli mavzularda sheʼrlar yozgan. Navoiy R. bilan bir necha bor suhbatda boʻlgan va ijodiga yuqori baho bergan. Navoiyning yozishicha, u gʻazallar yozish bilan birga xattot, shuningdek, Qurʼonni ham yetti qiroat bilan oʻqiy oladigan hofiz boʻlgan. Hozirgacha R.ning 89 gʻazali, 3 qitʼasi, 1 ruboiy va 8 fardianiqlangan. Devonlarining 12 nusxasi London, Bangola, Sankt-Peterburg, Dushanba, Tbilisi fondlarida saqlanadi.

Ad.:Alisher Navoiy, Majolis unnafois, T., 1961.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil