Shahzoda Rizo Pahlaviy (31-oktyabr 1960-yil; Tehron) – Pahlaviylar uyining boshligʻi, hozirda tugatilgan Eron Shahanshohlik davlatining valiahd shahzodasi (shahzoda), Eronning oxirgi shahanshohi – Muhammad Rizo Pahlaviyning toʻngʻich oʻgʻli.

Rizo Pahlaviy
forscha: رضا پهلوی
 Pahlaviylar sulolasi boshligʻi
 
Mansab davri
28-iyul 1981-yil – hozirgacha

1967-yildan u Eronning valiahd shahzodasi boʻlib, taxtni otasi Muhammad Rizo Pahlaviydan keyin egallashi kerak edi. Ammo 1979-yilgi Erondagi Islom inqilobi tufayli oilasi bilan birgalikda Eronni tark etishga majbur boʻladi.

Eronda amalda boʻlgan diniy islom respublikasining asosiy tanqidchilaridan biri. U Eronda faoliyati taqiqlangan Eron Milliy kengashining asoschisi va rahbari sanaladi. Hozirgi kunda AQShda yashaydi.

Tarjimayi hol

tahrir

Bolalik yillari

tahrir
 
Shahzoda Rizo Pahlaviy, 1973-yil

Rizo Pahlaviy 1960-yil, 31-oktyabrda Tehronda tugʻilgan. U Muhammad Rizo Pahlaviyning toʻngʻich farzandidir. Onasi – Eronlik Shohbonu Farah Pahlaviy 1959-yilda Muhammad Rizo Pahlaviy bilan turmush qurgan.

Maktabni tugatgandan soʻng, yosh Rizo Pahlaviy Eron Imperator havo kuchlariga kichik ofitser sifatida ishga qabul qilingan. 1977-yilda, 17 yoshida u AQShga parvozlar boʻyicha mashgʻulotlar uchun yuboriladi. AQShda u Uilyams kollejida tahsil olgan, ammo bir muncha vaqt oʻtgach, vatani Eronda boshlangan tartibsizliklar sababli oʻqishni toʻxtatishga majbur boʻladi. Koʻp oʻtmay, 1979-yilda Eronda Islom inqilobi sodir boʻladi va Eron shohi oilasi bilan birgalikda mamlakatni tark etishga majbur boʻladi. Tez orada Eronda Eron Islom Respublikasi tashkil topadi .

Shaxsiy hayoti

tahrir

Otasi – Shoh Muhammad Rizo Pahlaviy 1919-yilda tugʻilgan va 1980-yilda vafot etgan. Onasi – Shohbonu Farah Pahlaviy 1938-yilda tugʻilgan . Farah Pahlaviy hozirda AQShda istiqomat qiladi. Rizo Pahlaviyning ikki singlisi va bir ukasi bor. Ukasi shahzoda Ali Rizo Pahlaviy 1966-yilda tugʻilgan. 2011-yilning yanvar oyida oʻz joniga qasd qilgan. Opa-singillari – malika Farahnoz Pahlaviy (1963) va malika Leyla Pahlaviy (1970-2001). 2001-yil, iyun oyida mehmonxonada xonasidan oʻlik holda topilgan.

1986-yil, 12-iyunda Rizo Pahlaviy 1968-yili Tehronda tugʻilgan Yasmin Pahlaviy bilan turmush qurgan. Yasmin Pahlaviy 1970-yillarning oxirida Erondan Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va AQShda Jorj Vashington universitetini tamomladi. Rizo va Yasmin Pahlaviyning uchta qizi bor: malika Nur, malika Imon va malika Farah.

Diniy eʼtiqodlar

tahrir

Rizo Pahlaviy oʻz intervyularidan birida din haqida alohida toʻxtalib oʻtib „Bu har bir kishining shaxsiy ishi, lekin siz mening eʼtiqodim hamda shia-musulmonligimni bilishingiz mumkin. Men juda dindor odamman“ [1] deb aytgan. Makkaga borib qodir musulmonlarga farz boʻlgan haj ibodatini [2] amalga oshiradi.

Unvoni

tahrir
  • Imperator oliy hazratlari Eron valiahd shahzodasi (Shahzoda).

Darajasi

tahrir
  • Eron Imperator havo kuchlarining kichik ofitseri

Nashrlar

tahrir

Va shuningdek…

tahrir

Eslatmalar

tahrir
  1. Soloman, Deborah. „The Exile“. The New York Times Magazine (2009-yil 26-iyun). 2018-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  2. Reza Bayegan. „Reza Pahlavi and the Question of Religion“. Payvand. 2018-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
  3. „Reza Pahlavi´s Web site“. 2020-yil 1-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 25-iyun.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir