Roʻyjo
Roʻyjo (fors. — yuz, yuza va joy), joypoʻsh — choyshab turi; asosan, oq va malla boʻzdan P. shaklida kashta tikib tayyorlanadi (pastki oyoq qismi bezaksiz). R. qizlarning sepiga kirgan, dastlab kelinkuyovlarning oʻrniga yopilgan. Birinchi farzand dunyoga kelguniga qadar yosh kelinkuyovlarning uyini bezab turgan, keyinchalik faqat bayramlardagina osilgan. Hozirda sidirgʻa rangli matolardan popop mashinasida kashta tikib tayyorlanadi. R.ni qoʻlda kashta tikib bezash anʼanasi hozirgi kunda ham davom etmoqda (Mas, Samarqand viloyati Urgut tumani va boshqalar).[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |