Robert Broun
Robert Broun (Brown) (1773.21.12, Montroz — 1858.10.6, London) — ingliz botanigi. B.ning morfologik, embriologik tadqiqotlari oʻsimliklarning tabiiy sistemasini tuzishda katta ahamiyatga ega. B. urugʻkurtakda murtak xaltachasi boʻlishini kashf qilgan, igna bargli va sagovniklar urugkurtaklarida tuguncha boʻlmasligini koʻrsatgan (1825), yopiq urugʻli va ochiq urugʻli oʻsimliklar oʻrtasidagi asosiy farqlarni aniklagan; igna barglilarning urugʻkurtagida urgʻochilik koʻpayish organi (arxegoniy) boʻlishini aniqlagan. Oʻsimliklar hujayrasi yadrosini birinchi boʻlib toʻgʻri tavsiflagan. 1827-yil Broun harakatini kashf etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |