Robert Koch (1843. 11.12, Klaustal — 1910.27.5, Baden-Baden) — nemis mikrobiologi. Epidemiologiya va bakteriologiya asoschilaridan biri. Gyottingen universitetini tugatgan (1866). Berlin universiteti professori (1885—91). Berlindagi yuqumli kasalliklar instituti direktori (1891-1904; hozirgi institut uning nomi bilan yuritilgan). Asosiy ishlari yuqumli kasalliklarni qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni aniqlash va ularga qarshi kurash usullarini ishlab chiqishga oid. Misr, Hindiston, Yangi Gvineya va Yava oroliga mikrobiologik ekspeditsiyalar tashqil etgan. Kuydirgi, sil (1882) vaboni (1883) qoʻzgʻatuvchi mikroorganizmlarni kashf etgan. Bakterial tadqiqotlar olib borgan. Dezinfikatsiya usullarini taklif etgan. Tuberkulin preparatini topgan (1890). Nobel mukofoti laureati (1905).[3]

Robert Koch
Tavalludi 11-dekabr 1843[1][2]
Vafoti 27-may 1910[2]
Fuqaroligi Kingdom of Hanover va Germaniya imperiyasi
Mashhur ishlari Sil qoʻzgʻatuvchisi kashfiyotchisi
Mukofotlari Fiziologiya va tibbiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati (1905)

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil