PIRI (Peary) Robert Edvin (1856.6.5, Kresson, Pensilvaniya — 1920.20.2, Vashington) — Arktikani oʻrgangan amerikalik tadqiqotchi, admiral (1911). Grenlandiyaga bir necha marta ekspeditsiya uyushtirib, uning shimoliy qismini 2-marta kesib oʻtgan (1892, 1895). 1909 i. 6-aprelda itlar qoʻshilgan chanada 4 kishi hamroxdigida Shimoliy qutbga yetib borgan. Grenlandiya shimolidagi yarim orol (Piri yeri) va Kanada Arktika arxipelagining shimolidagi boʻgʻoz P. nomi bilan atalgan[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil