Rodiy(Rh)
Atom raqami 45
Koʻrinishi Oq-kumush rangli
qattiq metall
Atom xossasi
Atom massasi
(molyar massasi)
102.9055 m. a. b. (g/mol)
Atom radiusi 134 pm
Ionlashish energiyasi
(birinchi elektron)
719.5(7.46) kJ/mol (eV)
Elektron konfiguratsiyasi [Kr] 4d8 5s1
Kimyoviy xossalari
Kovalentlik radiusi 125 pm
Ion radiusi (+3e)68 pm
Elektrmanfiylik
(poling boʻyicha)
2.28
Elektrod potensiali 0
Oksidlanish darajasi 5, 4, 3, 2, 1, 0
Termodinamik xossalari
Zichlik 12.41 g/sm³
Solishtirma issiqlik sigʻimi 0.244 J/(K·mol)
Issiqlik oʻtkazuvchanlik 150 Vt/(m·K)
Erish harorati 2239 K
Erish issiqligi 21.8 kJ/mol
Qaynash harorati 4000 K
Qaynash issiqligi 494 kJ/mol
Molyar hajm 8.3 sm³/mol
Kristall panjarasi
Panjara tuzilishi kubik
markazlashgan
Panjara davri 3.800 Å
Panjara/atom nisbati n/a
Debye harorati n/a K
45
Rodiy
Rh
102,9055
4d85s1

Rodiy (yun. rhodon — atirgul; lotincha Rhodium), Rh — Mendeleyev davriy sistemasining VIII guruhiga mansub kimyoviy element. Platina guruhidagi metallar turkumiga kiradi. Tartib raqami 45, atom massasi 102,905. 1 ta barqaror izotopi (l03Rh) bor. Uran yemirilganida Rodiyning massa sonlari 95 dan 110 gacha boʻlgan bir necha izotopi hosil boʻladi. Rodiyni ingliz kimyogari Vollaston 1803-yilda metall holida ajratib olgan. Rodiy Yer poʻstining massa jihatidan 110"7% ini tashkil qiladi, u tabiatda platina va platina guruhdsagi metallar bilan birga uchraydi. Kumushsimonkoʻkish rangli, korroziyaga chidamli qattiq metall. Suyuqlanish temperaturasi 1960°, kaynash temperaturasi 4500° ga yaqin, zichligi 12,42 g/sm³. Rodiy kimyoviy jihatdan juda barqaror. Faqat laqqa choʻgʻ holida metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. Havoda 1000° da oksidlanib, Rh2O3 ga oʻtadi. Rodiy hech qaysi kislotada va kislotalar aralashmasida erimaydi. Birikmalarida 2, 3, 4, 5 va 6 valentli boʻladi. Koʻpincha 3 valentli. Uning RhF3, RhCl3 Rhl3 tarkibli galogenidlari, Rh(OH)3H2O tarkibli gidrooksidi, Rh2S3, Rh3S4, Rh9Sg, Rh(HS)3 tarkibli sulfidlari, Rh(NO3)3 2 H2O, Rh2(SO4)3 15H2O tarkibli tuzlari maʼlum.

Rodiy platina affinajida hosil boʻladigan mahsulotlardan olinadi. Rodiyning platina bilan qotishmasi katalizator sifatida, termoparalar, kimyoviy jihozlar va boshqa tayyorlashda ishlatiladi, Rodiy projektor va reflektorlar yasashda, elektr kontaktlar tayyorlashda ham qoʻllanadi. Rodiy tuzlaridan tibbiyotda, chinni sirlari uchun kora boʻyoq olishda foydalaniladi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil