Rogʻib Alama
Rogʻib Alama(arabcha: راغب علامة) — livanlik qoʻshiqchi, raqqos, telekoʻrsatuvlar muallifi va bastakordir. Shuningdek, oʻzining shaxsiy xayriyaviy fondlari 1962-yil 7-iyunda tugʻilgan. Rogʻib ilk marta 1980-yilda „Studiya al-fan“ koʻrsatuvida ishtirok etgan va Platinum mukofoti bilan taqdirlangan.
Rogʻib Alama | |
---|---|
Rogʻib Alama | |
Umumiy maʼlumot | |
Tavalludi |
7-iyun 1962-yil |
Janrlar | arabcha pop |
Faoliyat yillari | 1982-hozirgacha |
Fuqaroligi | Livan |
Amplua | qoʻshiqchi, raqqos, telekoʻrsatuvlar muallifi va bastakor |
Hayoti
tahrirRogʻib 1962-yil 7-iyunda Livanning Bayrut shahrida shia oilada tugʻilgan. Otasi Subhi Alama, onasi Vafiqa Alama boʻlib, 4 ta akasi va 3 ta singlisi bor. Akalarining ismlari Muhammad, Ahmad, Hadir va Hasan. Singillarining ismlari esa Sabiha, Rima va Lina. Musiqaga kichikligidan qiziqqan, 8 yoshida ud(arab milliy cholgʻu asbobi)ni chalishni oʻrgangan va radioeshitirishda ushbu isteʼdodini namoyan etgan. 1996-yilda Jihan al-Ali bilan turmush qurgan. Hozirda ikki nafar farzandi bor.
Faoliyati
tahrirUning ilk qo'shig'i "Atafarraju al-halva" bo'lgan. Livan Arab Radiosida "Ya bint as-sulton"("Ey Sultonning qizi") qo'shig'ini kuylagan va shu kuylagan qo'shig'i tufayli mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari uning "Mabruk" va "Abalak an-nag'm" qo'shiqlari Livan va Suriyalik muxlislari tarafidan yaxshi kutib olingan. Uning ilk albomi "Bukra bibram dulabak" nomi ostida 1985-yilda taqdim etilgan. Uning albomlari ommalashish bo'yicha ko'pgina arab qo'shiqchilarining eng mashhur albomlarini ham ortda qoldirgan. Masalan, "Tav'am ruhiy"("Ruhimning egizagi") albomi 300 000, "Va lav darot al-ayyam"("Kunlar o'tmasa edi") albomi 250 000, "Allamtaniy ahabba ad-dunya"("Sen menga dunyoni sevishni o'rgatding") albomi 700 000 nusxada sotilgan.
Diskografiyasi
tahrirStudiyaviy albomlari
- "Ya royt"(1986);
- "Al-hadya"(1987);
- "Dov ul-layl"(1988);
- "Ma yajuvz"(1989);
- "Ya hayat"(1993);
- "Tav'am ruhi"(1995);
- "Allamtiniy"(1996);
- "Farq kabir"(1996);
- "Habibi ya nasi"(1999);
- "Tib liyh"(2002);
- "Al-hub al-kabir"(2004);
- "Habib dohkatiy"(2014);