Roger Carl Schank (1946-yil 12 mart – 2023 yil 29-yanvar) sunʼiy intellekt, kognitiv psixologiya va taʼlim sohasidagi nufuzli amerikalik mutaxassis. U odamlarning maʼlumotni qanday tushunishi va eslab qolishlari haqidagi nazariyalarni ishlab chiqdi va taʼlim usullarini takomillashtirish ustida ishladi. Shuningdek, Schank oʻrganish va texnologiyaga yoʻnaltirilgan bir nechta kompaniya va tashkilotlarga asos solgan. 1960-yillarning oxiridan boshlab u conceptual dependency (kontseptual qaramlik nazariyasiga) (tabiiy tilni tushunish kontekstida) va case-based reasoning (holatlarga asoslangan fikrlash) haqidagi eng dastlabki ishlarning muallifi boʻldi. Bu ikkalasi ham xotira va fikrlash haqidagi kognitivistik qarashlarga qarshi chiqdi. Olim oʻz faoliyatini Yale universiteti va Standford universitetlarida dars berishdan boshlagan. 1989-yilda Schank Andersen Consulting tomonidan oʻzining tadqiqot va ishlanmalari uchun oʻn yillik majburiyat uchun 30 million dollar mukofot oldi va bu orqali Chikagodagi Northwestern Universityda Learning Sciences institutiga (ILS) asos soldi.

Roger Schank
Tavalludi 12-mart 1946-yil
New York City, U. S.
Vafoti 29-yanvar 2023-yil(2023-01-29)
(76 yoshda)
Shelburne, Vermont, U. S.
Fuqaroligi AQSh
Ish joylari
Tezis sarlavhasi A Conceptual Dependency Representation for a Computer-Oriented Semantics
Akademik rahbarlari Jacob L. Mey
Mashhur shogirdlari
Turmush oʻrtogʻi
  • Diane Levine
    (ajr. 1998)
  • Annie Payeur (m. tax. 1999)
Veb-sayt rogerschank.com

Dastlabki hayoti

tahrir

Schank 1946-yilda Nyu Yorkning Manhattan shahrida tugʻilgan va u Stuyvesant oʻrta maktabida tahsil olgan[3].

Akademik martabasi

tahrir

Bakalavriat darajasini olish uchun Schank Pitsburg shtatidagi Carnegie Mellon universitetida[4] matematika boʻyicha tahsil oldi. Undan soʻngra Austindagi Texas universitetida tilshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasini oldi. Ilmiy darajasini olgandan soʻng ishlamoqchi boʻlgan Schank dastlab Stenford universitetida, soʻngra Yale universitetida professor va oʻqituvchi lavozimlarida ishladi[5]. 1974-yilda u Yale universitetida kompyuter fanlari va psixologiya sohalarida professor lavozimini egalladi. 1981- yilda Schank Yaledagi kompyuter fanlari boʻlimi raisi va Yale sunʼiy intellekt loyihasi direktori boʻldi[6].

1989-yilda Schankka Andersen Consulting tomonidan tadqiqot va ishlanmalari uchun oʻn yillik majburiyat sifatida 30 million dollarlik mukofot berildi. Bu esa unga Yaleni tark etish va Chikagodagi Northwestern universitetida Learning Sciences institutini (ILS) tashkil etish imkonini berdi va oʻzining Yaledagi 25 nafar tadqiqotchi hamkasblarini olib kelishga imkoniyat yaratdi[7] [8]. ILS IBM va Ameritech kabi boshqa korporativ homiylarni, shuningdek, AQSh armiyasi, EPA va Milliy gvardiya kabi hukumat homiylarini jalb qildi[9]. Ayniqsa, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish[5] va xodimlarni oʻqitishga eʼtiborini qaratdi[9]. Keyinchalik ILS School of Education maktabi tomonidan alohida boʻlim sifatida qabul qilindi.

2002-yilda Carnegie Mellon universitetining Silicon Valley campusi tashkil etilgan vaqtda, Schank institutda bosh oʻquv direktori lavozimida edi[10]. U 1990-yilda Association for the Advancement of Artificial Intelligencening asoschisi boʻlgan[11].

Tadbirkorligi

tahrir

1979-yilda olim hali Yale universitetida faoliyat yuritardi, ayni shu vaqtlarda Schank 1986-yilda ommaga taqdim etilgan Cognitive Systems kompaniyasiga asos solindi va sunʼiy intellekt boʻyicha „kutilayotgan keskin ko''tarilishni sarmoyalashtirish“da[12] birinchilardan boʻldi. Schank 1988- yilda ayrim sabablarga koʻra rais va bosh ijrochi direktor lavozimidan isteʼfoga chiqdi, ammo boshqaruv kengashi aʼzosi va maslahatchisi sifatida esa oʻz ishini davom ettirdi[13].

1994-yilda Schank ILSda ishlab chiqilgan dasturiy taʼminotni bozorga chiqarish uchun Cognitive Arts Corporation[10] (dastlabki nomi Learning Sciences Corporation)ga asos soldi va 2003-yilgacha yaʼni ushbu korporatsiya sotilgunga qadar uni boshqardi.

2005-yildan 2007-yilgacha Schank Trump universitetining oʻquv boʻlimi boshligʻi boʻlgan[14].

2001-yilda u biznesmen va maktablarga elektron taʼlim dasturlarini sotuvchi Socratic Arts kompaniyasiga asos solgan[9].

2008-yilda Schank MBA talabalariga oʻz bizneslarini ochish yoki ishga borishni oʻrgatish uchun Barselonadagi Ramon Llull universiteti La Salle xalqaro oliy maktabining biznes muhandislik maktabida hikoyaga asoslangan oʻquv dasturini (SCC) yaratdi[9].

2012-yilda Schank XTOL (Experiential Training Online)ga asos soldi, ushbu markaz „universitet, korporatsiya va professional tashkilotlar foydalanishi uchun tajribali qisqa kurslarni, shuningdek, butun dunyo boʻylab ilmiy daraja beruvchi universitetlar bilan hamkorlikda magistrlik dasturlarini ishlab chiqadi“[15].

Taʼlim islohoti

tahrir

Schank taʼlim tizimi tubdan isloh qilish va mavjud dasturiy taminotlarni, anʼanaviy oʻqitish usullarini yangidan yaratish kerakligiga ishondi[16]. Bu tizimni yaxshilashga harakat qilish maqsadida u 2001-yilda boshlangʻich va oʻrta maktablar uchun oʻquv dasturlari ishlab chiqadigan va amalga oshiradigan[9], shu bilan bir qatorda Virtual International Science and Technology Academy ga (VISTA) mezbonlik qiluvchi notijorat tashkilot Engines for Education tashkilotiga asos soldi.

Xizmatlari

tahrir

1969-yilda Schank tabiiy tilni tushunish uchun conseptual dependency (kontseptual qaramlik) nazariyasini taqdim etdi[17]. Qisman Sidney Lambning ishiga asoslangan ushbu model Yale universitetidagi Schankning Robert Wilensky, Wendy Lehnert va Janet Kolodner kabi talabalari tomonidan tabiiy tilni qayta ishlashning bir qator modellarida keng qoʻllangan[18].

Case-based reasoning (CBR) (vaziyatga asoslangan fikrlash) Schankning dinamik xotira modeliga asoslangan[19] va eng qadimgi CBR tizimlari uchun asos boʻlgan: Janet Kolodnerning CYRUS[20] va Michael Lebowitsning IPP[21].

1980-yillarda CBR ning boshqa maktablari va u bilan oʻxshash sohalar paydo boʻlib, ular huquqiy fikrlashdagi CBR, xotiraga asoslangan fikrlash (ommaviy parallel mashinalardagi misollardan fikr yuritish usuli) va CBRni boshqa fikrlash usullari bilan birlashtirish kabi mavzularni oʻrgandilar. 1990-yillarda CBRga boʻlgan qiziqish ortdi, buni 1995-yilda vaziyatga asoslangan mulohaza yuritish boʻyicha xalqaro konferensiya, shuningdek, Yevropa, Germaniya, Britaniya, Italiya va boshqa CBR boʻyicha seminarlar tashkil etilganligi tasdiqlaydi.

Shaxsiy hayoti va oʻlimi

tahrir

Schank ikki marta oila qurgan boʻlib, uning Diane Levin bilan boʻlgan birinchi nikohi 1998-yilda rasman ajrashish bilan tugadi; ikkinchi marotaba u 1999-yillar atrofida Annie Payeurga uylandi[3] [22]. Uning ikki farzandi bor edi. [3]

Schankning Palm Beach, Florida va Quebecda uylari bor edi. Floridada u Jeffrey Epstein bilan qoʻshni boʻlgan. Epstein 2008-yilda jinsiy jinoyatlarda ayblangan. Bundan 6 yil oldin esa yaʼni, 2002-yilda oʻz orolida homiylik qilgan sunʼiy intellekt konferensiyasida qatnashgan[23] [24].Suddan keyin Schank uni jamoatchilik tomonidan qoʻllabquvvatladi[3].

Bir muncha vaqt sogʻligʻi yomonlashganidan soʻng, Schank 2023-yil 29-yanvarda 76 yoshida Shelburne (Vermont) hospiskasi (oʻlim toʻshagidagilar shifoxonasi)da yurak yetishmovchiligidan vafot etdi[3][22].

Asarlari

tahrir
  • Schank, Roger. Teaching Minds: How Cognitive Science Can Save Our Schools. New York: Teachers College Press, 2011, ISBN 978-0-8077-5266-1 (paper) and ISBN 978-0-8077-5267-8 (hardcover).
  • Schank, Roger, Dimitris Lyras and Elliot Soloway. The Future of Decision Making: How Revolutionary Software Can Improve the Ability to Decide. New York: Palgrave Macmillan, 2010. ISBN 978-0-230-10365-8ISBN 978-0-230-10365-8
  • Schank, Roger. Lessons in Learning, e-Learning, and Training: Perspectives and Guidance for the Enlightened Trainer. Pfeiffer, 2005. ISBN 0-7879-7666-0ISBN 0-7879-7666-0.
  • Schank, Roger. Scrooge Meets Dick and Jane. Mahwah: Lawrence Erlbaum, 2001, ISBN 0-8058-3877-5.
  • Schank, Roger. Dynamic Memory Revisited, 2nd Edition. New York: Cambridge University Press, 1999, ISBN 0-521-63398-2.
  • Schank, Roger, Virtual Learning: A Revolutionary Approach to Building a Highly Skilled Workforce. New York: McGraw Hill 1997. ISBN 0-7863-1148-7ISBN 0-7863-1148-7
  • Schank, Roger and Gary Saul Morson. Tell Me A Story: Narrative and Intelligence. Northwestern Press, 1995. ISBN 0-8101-1313-9ISBN 0-8101-1313-9.
  • Schank, Roger and Chip Cleary, Engines for Education. Hillsdale, NJ: Lawrence Erlbaum, 1995.
  • Schank, Roger. The Connoisseur’s Guide to the Mind: How we think, How we learn, and what it means to be intelligent. Summit Books, 1991.
  • Schank, Roger. Tell Me A Story: A new look at real and artificial memory. Scribner’s, 1990.
  • Schank, Roger and Peter Childers. The Creative Attitude: Learning to Ask and Answer the Right Questions. MacMillan Publishing Company, 1988, ISBN 0-02-607170-3.
  • Schank, Roger. The Cognitive Computer: On Language, Learning and Artificial Intelligence. Reading: Addison Wesley, 1984.
  • Schank, Roger. Dynamic Memory: A Theory of Learning in Computers and People. New York: Cambridge University Press, 1982.
  • Schank, Roger. Scripts, plans, goals and understanding: An inquiry into human knowledge structures. New Jersey: Erlbaum, 1977. ISBN 0-470-99033-3. 
  • Schank, Roger. Conceptualizations underlying natural language. In Computer Models of Thought and Language, R. Schank & K. Colby, eds. San Francisco: W. H. Freeman, 1973.

Yana qarang

tahrir
  • Robert P. Abelson

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Andoza:Mathgenealogy
  2. Hunter, Lawrence E. (1989). Knowledge acquisition planning: Gaining expertise through experience (PhD thesis). Yale University. hdl:10079/bibid/9838922. OCLC 24116492. ProQuest 303852846.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 Lohr, Steve. „Roger C. Schank, Theorist of Artificial Intelligence, Dies at 76“. The New York Times (2023-yil 20-fevral). Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  4. Freedman, David. „The Schank Tank“. Wired. Qaraldi: 7 April 2018.
  5. 5,0 5,1 Freedman, David H. (August 1994). „The Schank Tank“. Wired. 2-jild, № 8. Qaraldi: 2011-10-04.
  6. „Biography: Part 1 of 2“. RogerSchank.com (2009). 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.
  7. Henderson, Harold. „Northwestern's New A.I. Hotshot“. Chicago Reader (1989-yil 14-dekabr).
  8. Rifkin, Glenn. „Andersen Consulting's Culture of 'Clones'“. New York Times (1992-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 28-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 „Biography: Part 2 of 2“. RogerSchank.com (2009). 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.
  10. 10,0 10,1 „Roger Schank“. Socratic Arts. Qaraldi: 2011-yil 9-oktyabr.
  11. „Elected AAAI Fellows“ (en-US). AAAI. Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  12. Pollack, Andrew. „Selling artificial intelligence“. New York Times (1982-yil 13-sentyabr). Qaraldi: 2011-yil 6-oktyabr.
  13. „Top officer resigns at Cognitive Systems“. New York Times (1988-yil 24-iyun). Qaraldi: 2011-yil 27-sentyabr.
  14. „Trump University; I was there; state accreditation is not the issue“.
  15. „XTOL (Experiential Training Online)“. XTOL Corp. 2022-yil 12-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-yanvar.
  16. Green, Joshua. „No Lectures or Teachers, Just Software“. New York Times (2000-yil 11-avgust). Qaraldi: 2011-yil 10-oktyabr.
  17. Schank, Roger (1969). "A conceptual dependency parser for natural language". Proceedings of the 1969 conference on Computational linguistics. Sång-Säby, Sweden. pp. 1–3. 
  18. Schank, Roger C; Leake, David B (2006-01-15), Nadel, Lynn (muh.), „Natural Language Processing: Models of Roger Schank and his Students“, Encyclopedia of Cognitive Science (inglizcha), Chichester: John Wiley & Sons, Ltd, doi:10.1002/0470018860.s00057, ISBN 978-0-470-01619-0, qaraldi: 2023-06-23
  19. Roger Schank, Dynamic Memory: A Theory of Learning in Computers and People (New York: Cambridge University Press, 1982)
  20. Janet Kolodner, „Reconstructive Memory: A Computer Model“, Cognitive Science 7 (1983): 4.
  21. Michael Lebowitz, „Memory-Based Parsing“, Artificial Intelligence 21 (1983), 363–404.
  22. 22,0 22,1 „Dr. Roger Schank“. Paperman & Sons. Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  23. Engber. „The "Girls" Were Always Around: What it was like to be a scientist in Jeffrey Epstein's circle“ (2019-yil 2-avgust).
  24. „Jeffrey Epstein's Prison Party“, New York Magazine, August 12, 2008

Havolalar

tahrir