Raja Bhoj aeroporti (IATA: BHOICAO: VABP) – Hindistonning Madhya Pradesh shtatining markazi Bhopal shahrida faoliyat koʻrsatuvchi mahalliy aeroport. X asrdagi Paramara qiroli Raja Bhoj sharafiga nomlangan, u Madhya Pradeshdagi yoʻlovchilar soni boʻyicha ikkinchi eng gavjum aeroportdir va hududi boʻyicha shtatning eng yirik aeroporti.

Raja Bhoj aeroporti
IATA kodi: BHOICAO kodi: VABP
Qisqacha bayon
Aeroport turi Fuqarolik
Egasi Hindiston aeroportlar boshqarmasi (AAI)
Operator Hindiston aeroportlar boshqarmasi (AAI)
Xizmat doirasi Bhopal
Joylashuvi Gandhi Nagar, Bhopal, Madhya Pradesh
Dengiz sathidan balandligi 1,719 ft / 524 m
Koordinatalari 23°17′15″N 077°20′15″E / 23.28750°N 77.33750°E / 23.28750; 77.33750
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
ft m
12/30 9,022 2,744 Asfalt
Maʻlumotlar (Aprel 2022 – Mart 2023)
Yoʻlovchilar soni 1,135,781 ( 54,9%)
Parvozlar soni 12,350 ( 27,3%)
Yuk tashish hajmi 3,048 ( 44,2%)
Manba: AAI[1][2][3]

Aeroport Gandhi Nagarda joylashgan. Aeroport Bhopal Junction temir yoʻl stantsiyasidan 15 km va shahar janubidagi Habibganj temir yoʻl stantsiyasidan 20 km uzoqlikda joylashgan. Aeroport, shuningdek, Bhopalni Indor bilan bogʻlaydigan 46-sonli milliy avtomagistrali va 18-shtat magistralining kesishmasi yaqinida joylashgan. Aeroport oʻzining qulay joylashuvi tufayli texnik xizmat, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlariga ega[4].

Aeroport majmuasi

tahrir

Uchish-qoʻnish yoʻlagi

tahrir

2010 yilda uchish-qoʻnish yoʻlagi uzunligi 2,744 metr (9,003 ft) gacha oshirildi. Bu Bhopalga yirik samolyotlarning qoʻnishiga imkon beradi[5]. Bhopaldan birinchi toʻgʻridan toʻgʻri xalqaro reys Jidda shahariga amalga oshirilgan[6].

Yuk tashish va logistika markazi

tahrir

Aeroport yaqinidagi 17 gektar yer maydonida yangi Air Cargo Hub qurish rejalashtirilmoqda. Hozirda eski terminal binosi markaziy aeroportdan yuk tashish uchun markaz sifatida qayta qurilmoqda. Vaqtinchalik Air Cargo majmuasi 2019-yil oktabrida ochildi[7].

Texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlari

tahrir

Bhopal aeroporti Hindistonda texnik xizmat koʻrsatish, taʼmirlash va kapital taʼmirlash (MRO) obyektlarini oʻrnatish uchun qurilgan sakkizta maydondan biridir. Aeroportning markazda joylashganligi mamlakat uchun iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlaydi[8].

 
Bhopal aeroportining ichki terminali

Immigratsiya posti va xalqaro reyslar

tahrir
 
Kirish koʻprigidan samolyotlar koʻrinishi

Sentyabr oyida DGCA tashkiloti Raja Bhoj aeroportiga xalqaro maqom berish jarayonini boshladi[9]. 2019-yil noyabr oyida Hindiston Ichki ishlar vazirligi va Fuqarolik aviatsiyasi vazirligi aʼzolaridan iborat komissiya immigratsiya markazlarini ochish masalasida aeroportga tashrif buyurdi[9]. Shuningdek, aeroport immigratsiya nazorat postiga aylandi [9]. Bu esa xalqaro reyslarni amalga oshirish uchun majburiy talablardan biri hisoblanadi.

Terminallar

tahrir

2011-yil 28-iyunda Fuqaro aviatsiyasi vaziri Vayalar Ravi tomonidan qiymati 1.35 milliard rupiy boʻlgan terminal ochildi[10]. Shtat hukumati xalqaro terminal qurish uchun 400 gektar yer maydoni ajratdi.

Terminal binosi 26,936 m² maydonda qurilgan. Terminalda 14 ta roʻyxatdan oʻtish, joʻnab ketish uchun 4 ta immigratsiya posti va kelish uchun 6 ta immigratsiya posti mavjud.

Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar

tahrir
Aviakompaniya Manzillar
Air India Delhi, Mumbai
IndiGo Agra, Ahmedabad, Bangalore, Delhi, Goa–Mopa, Hyderabad, Jaipur[11], Kolkata (2023-yil 8-oktyabrdan), Mumbai, Prayagraj, Pune (2023-yil 8-oktyabrdan),[12] Raipur, Udaipur,[13] Kochi[14]

Manbalar

tahrir
  1. „Annexure III – Passenger Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  2. „Annexure II – Aircraft Movement Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  3. „Annexure IV – Freight Movement Data“. aai.aero. Qaraldi: 2023-yil 23-aprel.
  4. „Civil aviation min announces new MRO policy; seeks to attract investments“. Business Standard India. Press Trust of India (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  5. „Direct Haj flight from Bhopal“. Hindustan Times (2010-yil 3-iyun). 2014-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  6. „First direct flight from Bhopal to Jeddah from tomorrow“. The Times of India (2010-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  7. „Bhopal to get air cargo services within a month“ (en). Latest Indian news, Top Breaking headlines, Today Headlines, Top Stories at Free Press Journal. Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  8. „Civil aviation min announces new MRO policy; seeks to attract investments“. Business Standard India. Press Trust of India (2021-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Immigration facility at Raja Bhoj airport soon“ (en). The Times of India (2019-yil 7-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-noyabr.
  10. „New terminal of Bhopal international airport opened for public“. Daily News & Analysis (2011-yil 28-iyun). Qaraldi: 2015-yil 16-iyun.
  11. „INDIGO 1H23 DOMESTIC ROUTES ADDITION SUMMARY – 05MAR23“. Aeroroutes. Qaraldi: 2023-yil 7-mart.
  12. „IndiGo to commence Pune-Bhopal service in Oct-2023“. CAPA. Qaraldi: 2023-yil 12-sentyabr.
  13. Joshi, Gaurav.. „IndiGo Announces Eight New Domestic Routes“ (en). Simple Flying (2022-yil 21-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 22-oktyabr.
  14. {{cite web|title=Flight Schedule|url=https://www.goindigo.in/%7Cwebsite=IndiGo%7Caccess-date=25 March 2023