Romssa Arena
Alfheim Stadion - Norvegiyaning Tromso shahrida joylashgan futbol stadioni va Eliteseriyaning Tromso IL jamoasining uy stadioni. Alfheim 6,801 o'rindiqli va sun'iy chim bilan qoplangan.
Joyi | Tromsø, Norvegiya |
---|---|
Qachon ochilgan | 1987-yil |
Egasi | Tromsø IL |
Operator | Tromsø IL |
Hajmi | 6,687 |
Maydon egalari | |
Tromsø IL |
Tarixi
tahrirIlgari dam olish maskani sifatida foydalanilgan Alfheim hududi 1954-yilda sotib olingan. 1960-yilda bir vaqtning o'zida Nedre Elvebakkenda yangi gandbol va xokkey maydonchasi va suzish havzasi qurilgan.[1] 1960-yillarning oʻrtalaridan boshlab Tromsoda uchta asosiy futbol maydonchasi mavjud edi: Alfheim, Valxall Stadion va Tromsdalen Stadion . TIL ning oliy ligaga yo'li 1970-yillarda murabbiy Piter Drekerning hissasi katta bo`lgan. 1980-yillar boshida jamoa Ikkinchi divizionda o'zini namoyon qildi va modernizatsiya qilingan stadionga ehtiyoj paydo bo'ldi. 1981-yildan 1986-yilgacha klubning daromadi 1,2 milliondan 4,2 million Norvegiya kronasiga (NOK) o'sdi va klub 1985-yildan boshlab professional bo'ldi.[2]
Alfheim yangilanishi uchun 10 mln moliyalashtirishning bir qismi xususiy donorlar hisobidan ta'minlandi.[3] 1986-yilgi mavsum oldidan, Birinchi divizionda birinchi bo'lib, Tromso o'z o'yinlarini Alfheim yangilanayotgan paytda Valxallda o'tkazdi.[4]
Maydon
tahrirAlfheim maydoni sun`iy qoplamali hisoblanadi. 2006-yilgacha maydon tabiiy o't edi. Ammo ayniqsa, qish oylarida maydonning holati sport ekspertlari va tashrif buyurgan murabbiylar tomonidan jiddiy tanqidga uchradi. Odatda oktyabr oyida, Norvegiya oliy divizioni so'nggi turlarda, Tromsoda qish boshlanadi. Bu esa futbol oʻyinlari va mashgʻulotlardagi eskirish bilan birga oʻtlarning yoʻqolib ketishiga olib keldi va maydonni loyqa maydonga aylantirdi. Buning o'rnini bosish uchun Tromsø IL 2006-yilda Germaniyada bo'lib o'tgan jahon chempionati vaqtida stadionga sun'iy qoplama o'rnatdi. Maysani moliyalashtirish Tromsodagi bir nechta korxonalarning klubga qo'shgan hissasi jumladan, anonim donordan tomonidan 7,5 million NOK ajratilgan. 2006-yilda yotqizilgan sun'iy chim ko'p tanqidlarga uchragach, 2010-yil iyun oyida yangisiga almashtirildi.
Tribunalari
tahrirSharqiy tribuna - bu 2000 ga yaqin odamni sig'dira oladigan yopiq tribuna. Ushbu tribuna saksoninchi yillarning o'rtalarida qurilgan va Alfheimdagi eng qadimgi tribunadir. Unda klublarning ofislari joylashgan. 2004-yilgi mavsumda Sharqiy tribuna atrofida ba'zi tortishuvlar yuzaga keldi. G'arbiy tribuna 2005-yilgi mavsumda qayta qurilgan, ya'ni hozir ikkala tomon ham usti qoplangan. Qayta qurishdan oldin G'arbiy tribuna ochiq yog'och tribuna edi. G'arbiy tribuna taxminan 4000 ta sig'imga ega bo'lib, uni Alfheim dagi eng katta tribunaga aylantiradi. G'arbiy tribuna tomida uchta media portali osilgan.
Rekordlar
tahrirRekord tomoshabin: 1990-yil 15-avgustda " Rusenborg "ga qarshi 10 225 (Norvegiya kubogi chorak finali)
Fort Alfheim
tahrirTromsø ILning Eliteseriadagi ko'p mavsumlarida yaxshi o'z uyidagi rekordi (masalan, 2004-yilgi mavsumda 13 o'yinda 10 ta g'alaba) tufayli Alfheim stadioniga Fort Alfheim laqabi berildi, bu esa Alfheim stadioni imidjiga asoslanib, engib bo'lmas. "Chelsi", " Galatasaroy ", " Beshiktosh " va " Srvena Zvezda " "Alfheim"da Tromso ILga mag'lub bo'lishdi.
Manbalar
tahrir- ↑ Ytreberg: 696
- ↑ Tjelmeland: 457
- ↑ En halv million til Tromsø IL (no). Norwegian News Agency (1986-yil 31-oktyabr).
- ↑ Hole, Arne. Tromsø er i farta! (no). Aftenposten (1986-yil 26-aprel), s. 23.
Havolalar
tahrir- Maydondan tribunalarning 360° panoramali ko'rinishi
- Alfheim haqidagi Isbergets sahifasi (in Norwegian)
- Alfheim stadioni - Nordic stadionlari