Ronald Frederick Atkinson (1939-yil 18-martda tugʻilgan)- ingliz sobiq futbolchisi va murabbiyi. Atkinson "Big Ron" nomi bilan tanilgan[2][3]. U 1990-yillar va 2000-yillarning boshlarida Britaniyaning eng taniqli futbol ekspertlaridan biri hisoblangan.

Ron Atkinson
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ronald Frederick Atkinson[1]
Tavallud sanasi 18-mart 1939-yil (1939-03-18) (85 yosh)
Tavallud joyi Liverpool, Angliya
Ampluasi Qanot himoyachisi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Wolverhampton Wanderers
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1956–1959 Aston Villa 0 (0)
1959–1971 Oxford United 384 (14)
Boshqargan klublari
1971–1974 Kettering Town
1974–1978 Cambridge United
1978–1981 West Bromwich Albion
1981–1986 Manchester United
1987–1988 West Bromwich Albion
1988–1989 Atlético Madrid
1989–1991 Sheffield Wednesday
1991–1994 Aston Villa
1995–1996 Coventry City
1997–1998 Sheffield Wednesday
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Atkinson futbolchilik faoliyati davomida "TheTank" laqabini olgan va 12 yil davomida Oxford United sharafini himoya qilgan. U oʻyinlarda maydonga tushish boʻyicha klub rekordini saqlab kelmoqda[4]. Murabbiy sifatida u 1983 va 1985-yillarda "Manchester United" bilan Angliya kubogi, 1991-yilda Sheffield Wednesday va 1994-yilda "Aston Villa" bilan Futbol Ligasi kubogini qoʻlga kiritgan.

Erta hayot va oʻyin faoliyati

tahrir

Atkinson Liverpoolda tugʻilgan, ammo uning oilasi Shard Endga (oʻsha paytda Warwickshireda, hozirda Birmingemning hududi) koʻchib oʻtgan[5]. Atkinson Lea Village oʻrta maktabida oʻqigan[6]. Atkinson 17 yoshida BSA Tools ishchi jamoasini tark etib, Aston Villa bilan shartnoma imzolagan[7].

Kettering Town va Cambridge United

tahrir

Oʻyinchilik faoliyatini tugatgandan soʻng, Atkinson 1971-yilda atigi 32 yoshida ligaga kirmaydigan Kettering Townning bosh murabbiyi boʻldi. Uning u yerdagi muvaffaqiyati 1974-yil noyabr oyida Cambridge United bilan ligaga oʻtishga olib keldi. Atkinson 1977-yilda toʻrtinchi divizionda gʻolib chiqdi. Atkison ularni Ikkinchi divizionga chiqish arafasida tark etdi.

Manchester United

tahrir

Atkinson "Manchester United" da oʻzidan oldingi murabbiydan koʻra, jamoani yuqori darajaga olib chiqadigan odam sifatida koʻrildi.

Atlético Madrid

tahrir

"Manchester United" dagi faoliyatidan soʻng, Atkinson "Atletiko Madrid" ni boshqarishi kerak edi, biroq "Atletiko" dagi ichki siyosat uning tayinlanishini kechiktirdi va bu orada Atkinson "West Bromwich" ni boshqaridi[8]. 1988-yil oktyabr oyida Atkinson Madridning "Atletiko" klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Atkinson "Espanyol" ga qarshi oʻyinda 6:1 hisobida g'alaba qozondi[9].

Manbalar

tahrir
  1. The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–2005. Queen Anne Press, 2005 — 32-bet. ISBN 9781852916657. 
  2. McGavin, Harvey. „Ron Atkinson quits ITV after his racist remarks are heard on air“. The Independent (2004-yil 22-aprel). Qaraldi: 2010-yil 22-may.
  3. Bishop. „ATKINSON AT 75: BEHIND-THE-SCENES AT VILLA WITH BIG RON“. Aston Villa F.C. (2014-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 27-yanvar.
  4. „Ex-U's boss: 'I can't believe my pal Ron has gone in the Celebrity Big Brother house'“. Oxford Mail (2013-yil 24-avgust).
  5. Young. „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. BirminghamLive (2014-yil 16-mart). Qaraldi: 2020-yil 24-avgust.
  6. „Ron Atkinson at 75: 'I would have done it all for nothing“. Birmingham Mail (2014-yil 16-mart).
  7. The PFA Premier & Football League Players' Records 1946–1998 Hugman: . Queen Anne Press, 1998 — 31-bet. ISBN 978-1-85291-585-8. 
  8. „Big Ron, the Calderón and a call from Jesus“. The Versed (2017-yil 29-mart). Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.
  9. „Big Ron and His Doomed Spell at Atlético Madrid“. Pickles (2021-yil 24-may). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 21-fevral.