Rondoniya
Rondoniya — Braziliyaning shimolidagi federal hudud, Madeyra daryosi havzasida. Maydoni 238,5 ming km². Axrlisi 1,4 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — PortuVelyu sh. R.ning katta qismi Braziliya yassitogʻligining shim.gʻarbiy qismi, shim. Amazonka pasttekisligidan iborat. Iklimi ekvatorial, issiq va nam iklim. Oʻrtacha oylik tralar 23—24°, yillik yogʻin 2000–2500 mm. Ekvatorial oʻrmonlar, savannalar bor. Iqtisodiyotining asosini oʻrmon xoʻjaligi tashkil qiladi: kauchuk, braziliya yongʻogʻi yigʻiladi, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi, ovchilik bilan shugʻullaniladi. Togʻ etaklarida dehqonchilik qilinadi. Sanoati oʻrmon mahsulotlarini qayta ishlashga ixtisoslashgan. Oltin, kassiterit qazib olinadi.[1]
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Portu-Velyu | ||
Aholi (2010) | 1 562 409 kishi | ||
Zichligi | 6,58 kishi./km² | ||
Maydoni | 237 590,9 km² (13-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-4 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-RO | ||
Rasmiy sayti | http://www.rondonia.ro.gov.br | ||
Xaritada | |||
8°43′0″S 63°53′0″W / 8.71667°S 63.88333°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |