Rong Hao
Rong Hao (talaffuzi: Jun Xao) (1987-yil 7-aprelda tugʻilgan) — xitoylik futbolchi, hozirda Xitoy Superligasining „Guangzhou“ klubida oʻng qanot qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi[1].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Rong Hao | ||
Tavallud sanasi | 7-aprel 1987-yil | ||
Tavallud joyi | Wuhan, Hubei, Xitoy | ||
Boʻyi | 1.77 m (5 ft 9 1⁄2 in) | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Guangzhou | ||
Raqami | 44 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2003—2005 | Wuhan Guanggu | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2006—2008 | Wuhan Guanggu | 33 | (1) |
2009 | Jiangsu Sainty | 27 | (0) |
2010—2011 | Hangzhou Greentown | 50 | (1) |
2012—2020 | Guangzhou Evergrande | 71 | (4) |
2018 | → Shanghai Shenhua (Ijara) | 23 | (1) |
2019—2020 | → Tianjin Teda (Ijara) | 35 | (3) |
2021 | Wuhan Three Towns | 18 | (3) |
2022 | Zhejiang | 1 | (0) |
2022— | Guangzhou | 0 | (0) |
Milliy terma jamoa‡ | |||
2009—2016 | Xitoy | 43 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (5-avgust 2022-yil uchun) ‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2-noyabr 2018-yil uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirRong Hao futbolchilik faoliyatini 2006-yilda Wuhan Guangguda boshlagan va 2006-yilning 27-mayida Shenyang Gindega qarshi oʻyinda (1:0) klubdagi ilk golini kiritgan[2]. Keyin u 2006-yilgi mavsum oxirida yana beshta liga oʻyinida maydonga tushgan. Keyingi mavsumda u odatda zahiradan maydonga tushishiga qaramay, asta-sekin oʻzini klubning asosiy futbolchisi sifatida koʻrsata boshladi. Ammo, 2008-yil 27-sentyabrda Beijing Guoan bilan oʻtkazilgan oʻyinda kelib chiqqan janjaldan soʻng, klub rahbariyati Xitoy futbol assotsiatsiyasi tomonidan berilgan jazoni qabul qilishdan bosh tortganidan soʻng, 2008-yilgi mavsumda Wuhan kutilmaganda yuqori ligadan chetlashtirilgan va keyinchalik quyi ligaga tushib ketgan[3].
2009-yilgi mavsumda yuqori divizionga koʻtarilgan „Jiangsu Sainty“ klubi Rongni ijaraga olgan. U darhol oʻzini klubning asosiy futbolchisi sifatida koʻrsatgan va ularni jadvalda oʻninchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan[4]. Ijara muddati tugagach, Rong „ Hangzhou Greentown“ga oʻtdi va klubni toʻrtinchi oʻringa olib chiqishga yordam bergan va bu ularga klub tarixida birinchi marta OChLda oʻynash imkonini bergan[5].
2011-yil 26-dekabrda Rong Zhao Xuri, Li Jianbin va Peng Xinli bilan birga Guangzhou Evergrandga oʻtgan[6]. Rong 2012-yilgi mavsumning koʻp qismida jarohat olgan va hech qanday oʻyinda qatnasha olmagan. 2018-yilning 28-fevralida Rong 2018-yilgi mavsum uchun yuqori divizion vakili „Shanhai Shenhua“ga ijaraga berilgan[7]. 2019-yil 28-fevralda Rong 2019-yilgi mavsum uchun yuqori divizonning boshqa klubi Tianjin Tedaga ijaraga berilgan[8].
Xalqaro faoliyati
tahrirRong Xitoy terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻyinda (1:0) oʻtkazgan[9]. Keyingi oʻrtoqlik oʻyinlaridan soʻng u oʻsha paytdagi bosh murabbiy Gao Xongbo qoʻl ostida oʻzini birinchi chap qanot himoyachisi sifatida koʻrsatgan va 2011-yilgi Osiyo Kubogi uchun Xitoy terma jamoasiga chaqirilgan. Bunga qadar milliy terma jamoa bilan 2010-yil Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqgan.
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub statistikasi
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Wuhan Guanggu | 2006 | Xitoy Super Ligasi | 6 | 1 | 0 | 0 | - | - | 6 | 1 | ||
2007 | 15 | 0 | - | - | - | 15 | 0 | |||||
2008 | 12 | 0 | - | - | - | 12 | 0 | |||||
Jami | 33 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 33 | 1 | ||
Jiangsu Sainty | 2009 | Xitoy Super Ligasi | 26 | 0 | - | - | - | 26 | 0 | |||
Hangzhou Greentown | 2010 | 29 | 0 | - | - | - | 29 | 0 | ||||
2011 | 21 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | - | 25 | 0 | |||
Jami | 50 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 54 | 0 | ||
Guangzhou Evergrande | 2012 | Xitoy Super Ligasi | 3 | 0 | 3 | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 | 8 | 0 |
2013 | 25 | 2 | 3 | 0 | 12 | 0 | 3 | 0 | 43 | 2 | ||
2014 | 18 | 2 | 2 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 27 | 2 | ||
2015 | 9 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 1 | 0 | 15 | 0 | ||
2016 | 12 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 17 | 0 | ||
2017 | 4 | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | ||
Jami | 71 | 4 | 11 | 0 | 29 | 0 | 4 | 0 | 115 | 4 | ||
Shanghai Shenhua (Ijara) | 2018 | Xitoy Super Ligasi | 22 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 23 | 1 |
Tianjin Teda (Ijara) | 2019 | 24 | 0 | 1 | 1 | - | - | 25 | 1 | |||
2020 | 11 | 3 | 1 | 0 | - | - | 12 | 3 | ||||
Jami | 35 | 3 | 2 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 37 | 4 | ||
Wuhan Three Towns | 2021 | Xitoy Birinchi Ligasi | 18 | 3 | 0 | 0 | - | - | 18 | 3 | ||
Zhejiang | 2022 | Xitoy Super Ligasi | 1 | 0 | 0 | 0 | - | - | 1 | 0 | ||
Karyerada jami | 256 | 12 | 14 | 1 | 33 | 0 | 4 | 0 | 307 | 13 |
Xalqaro statistika
tahrirMilliy terma jamoa | ||
---|---|---|
Yil | Oʻyin | Gol |
2009 | 10 | 0 |
2010 | 15 | 0 |
2011 | 9 | 0 |
2012 | 0 | 0 |
2013 | 6 | 0 |
2014 | 2 | 0 |
2015 | 0 | 0 |
2016 | 1 | 0 |
Jami | 43 | 0 |
Yutuqlar
tahrirKlub
tahrir- Xitoy Superligasi : 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2017
- Osiyo Chempionlar Ligasi : 2013, 2015
- Xitoy FA kubogi : 2012[10] 2016
- Xitoy FA Superkubogi : 2016, 2017, 2018
Xalqaro
tahrir- Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil
Manbalar
tahrir- ↑ „荣昊“. sodasoccer.com. 18-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „荣昊处子秀建功 武汉队1-0击败金德结束7轮不胜“. sports.sohu.com (27-may 2006-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „Wuhan ejected from soccer league“. english.people.com.cn (10-noyabr 2008-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „China 2009“. rsssf.com (23-aprel 2010-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „China 2010“. rsssf.com (21-iyun 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „恒大官方宣布签四名新援 国足三将携潜力新星加盟“. sports.sina.com.cn (26-dekabr 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „申花官宣荣昊租借加盟半年 身披24号转战上海滩“. sports.sina.com.cn (28-fevral 2018-yil). Qaraldi: 1-mart 2018-yil.
- ↑ „恒大官宣12名球员离队 荣昊加盟泰达王上源赴建业“. sports.sina.com.cn (28-fevral 2019-yil). Qaraldi: 1-mart 2019-yil.
- ↑ „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1-0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (1-iyun 2009-yil). 19-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2012-yil.
- ↑ „足协杯-张琳芃传射8024两球 恒大总分5-3贵州夺冠“. Sports.sina.com.cn (18-noyabr 2012-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.