Rorayma
Rorayma — Braziliyaning shimolidagi federal hudud. RiuBranku daryosi havzasida, Venesuela va Gayana chegarasida. Maydoni 225,1 ming km². Aholisi 324,2 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — BoaVista sh. R.ning katta qismi Gviana yassitogʻligining jan. pastroq chekka qismida, qolgan qismi Amazonka pasttekisligida joylashgan. Iklimi shimolida subekvatorial, janubida ekvatorial, issiq va nam iqlim. Oʻrtacha oylik tralar 26—28°, yillik yogʻin 1300–2300 mm. Qimmatbaho daraxtlar oʻsadigan ekvatorial oʻrmonlar. shim. hududlarida savannalar bor. Xoʻjaligining asosini oʻrmonchilik tashkil etadi. Baliqovlanadi, ovchilik rivojlangan. Olmos va oltin konlari bor.[1]
| |||
Braziliya shtati | |||
---|---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Boa-Vista | ||
Aholi (2010) | 450 479 kishi | ||
Zichligi | 2,01 kishi./km² | ||
Maydoni | 224 301,0 km² (14-oʻrin) | ||
Vaqt mintaqasi | UTC-4 | ||
Kod ISO 3166-2 | BR-RR | ||
Rasmiy sayti | http://www.rr.gov.br | ||
Xaritada | |||
2°3′0″N 61°24′0″W / 2.05000°N 61.40000°W |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |