Rosalynn Carter
Eleanor Rosalynn Carter – (/ˈroʊzəlɪn/ ROH-zə-lin; 18-avgust 1927-yil – 19-noyabr 2023-yil) – AQShning birinchi xonimi sifatida 1977-yildan 1981-yilgacha faoliyat olib borgan amerikalik yozuvchi, aktivist va insonparvar. AQSh prezidenti Jimmy Carterning rafiqasi[1]. Ancha yillar davomida u eng yirik ayollar huquqlari himoyachilaridan biri boʻlgan[2].
Rosalynn Carterning portreti, 1977-yil | |
Amerikaning birinchi xonimi | |
---|---|
Mansab davri 1977-yil 20-yanvar – 1981-yil 20-yanvar | |
Prezident | Jimmy Carter |
Oʻtmishdoshi | Betty Ford |
Vorisi | Nancy Reagan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Eleanor Rosalynn Smith 18-avgust 1927-yil Plains, Georgia, U. S. |
Vafoti |
19-noyabr 2023-yil (96 yoshda) Plains, Georgia, U. S. |
Siyosiy partiyasi | Demokratlar partiyasi |
Turmush oʻrtogʻi |
Jimmy Carter (turm. 1946) |
Taʼlim | Georgia Southwestern College |
Carter Jorjiya shtatining Plains shahrida tugʻilib oʻsadi, oʻsha yerdagi Plains High Schoolda oʻqiydi. Keyinchalik Georgia Southwestern Collegeda oʻqishini davom ettiradi va ushbu universitetni 1946-yilda tamomlaydi[3]. Jimmy Carter bilan aynan shu yilda turmush qurishadi. Carter 1970-yilda Rosalynnga Jorjiya shtati gubernatori lavozimini qoʻlga kiritishga yordam beradi. Shtatning birinchi xonimi boʻlganidan soʻng u asosiy eʼtiborini ayollarning ruhiy salomatligiga qaratishga qaror qiladi. Carter 1976-yilgi saylovlarda AQSh prezidentligiga oʻz nomzodini qoʻydi va yakunda Respublikachilar partiyasi vakili boʻlgan sobiq prezident Gerald Fordni magʻlub qildi.
Carter garchi anʼanaviy birinchi xonimlar kabi boʻlish niyatida emasligini eʼlon qilgan boʻlsada erining prezidentligi davrida siyosiy jihatdan juda faol edi. U turmush oʻrtogʻini ham ijtimoiy ham siyosiy jihatdan birday qoʻllab quvvatlaydi. Barcha boʻlayotgan oʻzgarish va yangiliklardan toʻlaqonli xabardor boʻlish uchun u Prezident bilan birgalikda barcha yigʻilish va uchrashuvlarda ishtirok etgan. Jumladan 1977-yilda boʻlgan Lotin Amerikasi davlatlari bilan boʻlgan aloqalarda bevosita elchi sifatida ham ishtirok etadi.
Hayoti
tahrirEleanor Rosalynn Smith 1927-yil 18-avgustda Jorjiyaning Plains shahrida tugʻilgan[4]. Oilasida toʻrt farzandning eng kattasi. Otasi Wilburn Edgar Smith mexanik, avtobus haydovchisi va fermer, onasi Frances Allethea „Allie“ Murray Smith oʻqituvchi, tikuvchi va pochta xodimi boʻlgan. Ukalari injener William Jerrold „Jerry“ Smith (1929-2003) va oʻqituvchi va ruhoniy Murray Lee Smith(1932-2003) edi. Uning yagona singlisi Lillian Allethea (Smith) Wall (1936-yilda tugʻilgan)[5]. Rosalynnning ismi ona tomonidan buvisi Rosa Wise Murraydan olingan[6].
Rosalynning otasi 1940-yilda u oʻn uch yoshida leykoz kasalligidan vafot etdi. Buni oʻz yoshligiga yakun yasagan voqea sifatida eslaydi[7]. Keyinchalik u onasiga kichik uka-singillarini tarbiyalashga yordam beradi, shuningdek oilasiga moliyaviy jihatdan koʻmaklashish uchun tikuvchilik ham qilgan[8]. Plains High Schooldaligi vaqtida Rosalynn otasining orzusini amalga oshirish, yaʼni universitetga kirish maqsadida juda qattiq oʻqiydi[8]. U ushbu maktabni aʼlo baholarga bitiradi[9]. Tez orada u Georgia Southwestern Collegega oʻqishga kiradi va 1946-yilda tamomlaydi[10].
Rosalynn Jimmy Carter bilan birinchi marta 1945-yil Annapolisdagi United States Naval Academyda uchrashdi[11]. U Jimmyning Annapolisda harbiy formada tushgan rasmini koʻrib yoqtirib qoladi[5][12]. Rosalynn 1946-yil fevral oyida ota-onasi bilan Annapolisga borganida Jimmyga turmushga chiqishga rozi boʻladi. Ular oʻz nikohlarini iyul oyida oʻtkazishlarini rejalashtirishgan va buni sir tutishni afzal koʻrishgan. Chunki u onasiga oʻqish oʻrniga turmushga chiqishni tanlaganini aytishga qoʻrqqandi[13]. 1946-yil 7-iyul kuni ular Plains shahrida turmush qurishadi. Juftlikning toʻrtta farzandi bor: John William „Jack“ (1947-yil), James Earl „Chip“ III (1950-yil), Donnel Jeffrey „Jeff“ (1952-yil) va Amy Lynn (1967-yil)[14].
Mukofotlar
tahrir1999-yilda Rosalynn va Jimmy Carter mamlakatning eng yuqori fuqarolik mukofotlaridan biri Presidental Medal of Freedom bilan taqdirlanishgan[15].
2001-yilda Carter Nyu-Yorkdagi Womenʼs Hall of Fame zaliga kiritilgan. U bunday darajaga sazovor boʻlgan Abigail Adams va Eleanor Rooseveltlardan soʻng uchinchi birinchi xonim boʻldi[16].
Kitoblar
tahrirKarter beshta kitob yozgan:
- First Lady from Plains (avtobiografiya), 1984-yil, ISBN 1-55728-355-9
- Everything to Gain: Making the Most of the Rest of Your Life (Jimmy Carter bilan), 1987-yil, ISBN 1-55728-388-5
- Helping Yourself Help Others: A Book for Caregivers (Susan K. Golant bilan), 1994-yil, ISBN 0-8129-2591-2
- Helping Someone with Mental Illness: A Compassionate Guide for Family, Friends, and Caregivers (Susan K. Golant bilan), 1998-yil, ISBN 0-8129-2898-9
- Within Our Reach: Ending the Mental Health Crisis (Susan K. Golant va Kathryn E. Cade bilan), 2010-yil, ISBN 978-1-59486-881-8
Manbalar
tahrir- ↑ Mckay, Rich; Allen, Jonathan. „Mourners honor former US first lady Rosalynn Carter's humanitarian work“. Reuters (2023-yil 29-noyabr). 2023-yil 30-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 30-noyabr.
- ↑ Carballo, Rebecca. „Rosalynn Carter Lauded for Humanitarian Work, Mental Health Advocacy“. The New York Times (2023-yil 20-noyabr). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ Vejnoska, Jill. „Obituary: Rosalynn Carter, former first lady of U.S. and Georgia, dies at 96“. The Atlanta Journal-Constitution. 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ „A timeline of key moments from former first lady Rosalynn Carter's 96 years“. Associated Press News (2023-yil 19-noyabr). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ 5,0 5,1 OʻBrien, p. 253.
- ↑ Carter, Rosalynn (1984), p. 3.
- ↑ Carter, Rosalynn (1984), p. 17.
- ↑ 8,0 8,1 Godbold, p. 44.
- ↑ Ayres, B. Drummond Jr.. „The importance of being Rosalynn“. The New York Times (1979-yil 3-iyun). 2017-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 29-dekabr.
- ↑ „Biography of Rosalynn Carter“. Jimmy Carter Library and Museum. 2022-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 7-iyul.
- ↑ „Jimmy and Rosalynn Carter: A love story for the ages“. Q2 News (KTVQ) (2023-yil 20-noyabr). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
- ↑ Ryan, p. 21.
- ↑ Godbold, pp. 58–59.
- ↑ Sager, Jessica (November 17, 2023). „Jimmy Carter and Rosalynn Carter's Relationship Timeline“. People. November 19, 2023da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: November 19, 2023.
- ↑ Secretary of the Senate, United States Congress. „Presidential Medal of Freedom Recipients“. Official Website of the United States Senate. United States Senate (Government of the United States). 2004-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-noyabr.
- ↑ „Discover Women of the Hall“. National Women's Hall of Fame. 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-noyabr.