Ross dengizi
Ross dengizi — Tinch okeanning chekka dengizi, Antarktidaning gʻarbiy qirgʻoqlari yaqinida. Maydoni 4,400,000 square kilometre (1,700,000 kv mi) ni tashkil etadi. Eng chuqur joyi 2972 m ga teng. Dengizning janubiy qismi Ross shelf muzligi bilan qoplangan, shimolida yil davomida muzlar suzib yuradi, aysberg (muz togʻ)lari juda koʻp. Suvining oʻrtacha yillik temperaturasi — 6° C dan past, yozda baʼzan 2° C gacha koʻtariladi. Shoʻrligi 33,7—34,4 promilliga teng. Suv koʻtarilishi har yarim sutkada takrorlanadi (balandligi 1 m gacha). Dengizda tyulen va kitlar yashaydi. Dengizni James Clark Ross kashf qilgan[1].
| |
Joylashuvi | Antarktika |
Okean tipi | dengiz |
Asosiy oqimlari | Janubiy okean |
Yuzasi | 4,400,000 square kilometre (1,700,000 kv mi) |
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |