Rossiya Superligasi (ruscha: Чемпионат России Суперлига), (odatda, RSL sifatida qisqartiriladi) Rossiyadagi asosiy professional xokkey ligasining eng yuqori divizioni edi. Rossiya Superligasi Shimoliy Amerika Milliy xokkey ligasidan (NHL) keyin turuvchi dunyodagi ikkinchi eng yaxshi liga

Liga jamoalarining joylashuvi

hisoblangan edi. U uchta divizion — Superliga, Oliy Liga (Vysshaya Liga) va Birinchi Liga (Pervaya Liga)dan iborat boʻlgan Rossiya Pro-Xokkey ligasining bir qismi edi[1].

Rossiya Superligasining nomi 2007—2008-yilgi mavsumdan soʻng Kontinental xokkey ligasi (KHL) nomiga oʻzgartirildi. Kontinental xokkey ligasi (KHL) oʻzining dastlabki mavsumi uchun oldingi Rossiya Superligasi mavsumidagi barcha 20 ta jamoani (jami 24 ta jamoani) oʻz ichiga oldi.

Tarixi

tahrir

Rossiya Superligasining kelib chiqish tarixi 1946-yilda tashkil etilgan sobiq Sovet ligasiga borib taqaladi. Sovet davrida Qizil Armiyaga qarashli „CSKA Moscow“ xokkey jamoasi yaqqol ustunlikka ega boʻlgan jamoa edi. U 46 ta chempionatning 32 tasida gʻalaba qozongan edi. Sovet ligasi Sovet Ittifoqi parchalanishi sababli 1992-yilgada tugatildi. Uning nomi Xalqaro xokkey ligasiga aylantirilgandan soʻng, liga 1996-yilda Rossiya xokkey ligasi deb qayta nomlandi. 1996-yildan 1999-yilgacha ligaga aʼzolik huquqi faqat ruslar uchun edi. 1999-yilda ligaga aʼzolik barcha uchun ochiq deb belgilandi. Shundan soʻng, liga xalqaro miqyosga chiqdi va uning nomi Rossiya Superligasi deb oʻzgartirildi.  Jurnalist Vsevolod Kukushkin liga matbuot kotibi lavozimida ishlagan edi[2].

Jamoalar (2007—2008)

tahrir

2007—2008-yilgi mavsumda Superligada 20 ta jamoa bor edi.

 

Musobaqa

tahrir

Rossiya Superligasida musobaqalar muntazam mavsum va pley-offdan iboratdir. O‘yinlar Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

Muntazam mavsum davomida har bir jamoa bir-biri bilan uch marta toʻqnash keldi (ikki marta uyda / bir marta mehmonda yoki bir marta uyda / ikki marta mehmonda). Mavsum davomida har bir jamoa 57 ta o‘yin o‘tkazadi. Agar oʻyinda durang qayd etilsa, besh daqiqalik gʻalabagacha boʻlgan qoʻshimcha vaqtda oʻynaladi. Undan keyin esa penaltilar seriyasi oʻtkaziladi.

Muntazam mavsumda eng yaxshi natija qayd etgan 16 ta jamoa pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Har bir pley-off bosqichida jamoalar beshlik seriyasida musobaqalashishadi. Har bir turda jamoalar mavsumdagi ko‘rsatkichlariga ko‘ra guruhlarga bo‘linadi. Yuqori jamoa quyi jamoa bilan, ikkinchi oʻrindagi jamoa ikkinchi eng yomon mavsumiy koʻrsatkichga ega boʻlgan jamoa bilan juftlashtiriladi va hokazo. Yuqori oʻrinni egallagan jamoa birinchi, ikkinchi va beshinchi oʻyinlarni oʻz uyida oʻtkazish imkoniyatiga ega boʻladi.

Chempionlar

tahrir

Rossiya Superligasi chempioni

tahrir

Eng koʻp chempionlikka erishgan xokkeychilar

tahrir
  • Igor Shodilov 2000, 2005, 2006, 2008
  • Alexei Tereshchenko 2000, 2005, 2006, 2008
  • Vladimir Antipov 1997, 2002, 2003, 2008

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Mullen. „Some NHLers getting million-dollar salaries in Russia“. Sports Business Daily (2004-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.
  2. Mullen. „Some NHLers getting million-dollar salaries in Russia“. Sports Business Daily (2004-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 14-avgust.

Havolalar

tahrir
Oʻtmishdoshi:
Xalqaro xokkey ligasi
Rossiya Superligasi
1996—2008
Vorisi:
Kontinental xokkey ligasi