Rossiyaning Ukrainaga bosqini paytidagi harbiy asirlar

Rossiyaning Ukrainaga boshlagan bosqini paytida ikkala tomon ham koʻplab harbiylarni asirga olishgan. 2022-yil davomida 30 dan ortiq harbiy asirlar almashinuvi amalga oshirildi, natijada,har ikki tomondan mingga yaqin asirlar oʻz vataniga qaytgan.

Ukrainaning hududlariga bostirib kirish paytida Rossiya ham ikki mingga yaqin ukrainalik tinch aholini asirga olgan[1].

Tarixi

tahrir

Rossiya-Ukraina urushi 2014-yil fevralidan 2022-yil fevraligacha davom etganiga qaramay, hech bir tomon uni huquqiy nuqtai nazardan harbiy mojaro sifatida baholamagan. Natijada, asirga olingan harbiy askarlar harbiy asirlar taʼrifiga kirmagan. Harbiy asirlarni Minsk kelishuvlari doirasida almashish rejalashtirilgan edi, ammo muzokaralar toʻxtab qolgan. 2017-yil dekabr oyida birinchi martta mahbuslarning katta almashinuvi boʻlib oʻtgan[2][3].

Inson huquqlari boʻyicha ommaviy axborot vositalari maʼlumotlariga koʻra, 2019-yil holatiga koʻra, birgina Ukrainaning bosib olingan hududlarida kamida 130 nafar harbiy va tinch aholi hibsga olingan[2].

Harbiy asirlar soni

tahrir

Ukraina maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil noyabr holatiga koʻra, Rossiya qoʻlida 4337 ta asir borligi aniqlangan shundan 3574 tasi harbiy askarlar va 763 tasi tinch aholidir[4].

Havolalar

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „"Езжайте, муж вас догонит". Тысячи украинцев почти год находятся в плену без связи с миром. Как это возможно?“. BBC News Русская служба. 2023-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-yanvar.
  2. 2,0 2,1 Татьяна Катриченко. „Военнопленные и гражданские заложники Донбасса: в поисках эффективного механизма освобождения“ (мониторинг прав человека на востоке украины). 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  3. Lily Hyde. „Russia’s long history of show trials in Ukraine“. Politico (2022-yil 11-iyul). 2022-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 20-dekabr.
  4. Свобода, Радіо. „У Мінреінтеграції розповіли, скільки громадян України перебувають у російському полоні“ (uk). Радіо Свобода (2023-yil 17-noyabr). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.