Rothschild oilasi

(Rotshildlardan yoʻnaltirildi)

Rothschildlaryahudiy magnatlari sulolasi. XVIII asrda frankfurt-maynlik bankir Mayer Amshel Rotshild asos solgan. XIX asrning 1-yarmida uning 5 oʻgʻli Parij, London, Vena, Frankfurt va Neapoldagi banklarda rahbarlik qilganda Rothschildlarning mavqei ancha oshdi. Yevropa banklarining koʻpchiligi Rothschildlar bankiga moliyaviy qaram edi. Keyinchalik Vena, Frankfurt-Mayn va Neapoldagi Rothschildlar banklari oʻz faoliyatini toʻxtatdi. Parij va Londondagi banklar mustaqil moliyaviy ish yuritdi. Rothschildlar guruhi ingliz va fransuz tarmoqlariga boʻlinadi. Buyuk Britaniyadagi "Rotshild Semyuel Oppengeymer" va Fransiyadagi "Bank de Rotshild" banki, "Sosyete denvestisman dyu Nor" xolding kompaniyasi (1972) har ikki tarmoqning asosini tashkil etadi. Rothschildlar Buyuk Britaniya va Fransiya siyosiy hayotida muhim oʻrin tutadi[1].

gerb
Rotshildlar limuzini, 1902-yil

Galereya

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.