Rukniddin Samarqandiy(arabcha: ركن الدين سمرقندي — Rukniddin Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Homid Muhammad Amidiy (vafoti 1218-yil)) — faylasuf va diniy arbob.

Rukniddin Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi faylasuf, diniy arbob

Hayoti

tahrir

Rukniddin Samarqandiy, Abu Homid Muhammad al-Amidiy (? — 1218.15.9, Buxoro) — faylasuf olim, diniy arbob. Bir necha vaqt Hindistonga ketib sulton Alouddin Mardon I (hukmronlik davri 1208— 1211) huzurida Bengaliyaning poytaxti Lahnati Gʻavrda qozilik qilgan. Umrining keyingi qismi Buxoroda oʻtgan. Rukniddin Samarqandiy dialektika sohasida bir qancha asarlar yozgan. Uning arab tilida yozilgan „Irshod fi ilm alxilof valjadal“ („Ixtilof va dialektika uchun qoʻllanma“), „annafois filjadal“ („Dialektika haqida nafis fikrlar“) asarlari Sharqda mashhur boʻlgan. Hoji Xalifaning yozishicha, Rukniddin Samarqandiy dialektika boʻyicha birinchi boʻlib asar yozgan olim hisoblanib, Sharqda uning kitoblariga koʻplab sharhlar bitilgan.[1]

Asarlari

tahrir
  • „Irshod fi ilmi-l-xilof va-l-jadal“,
  • „An-nafois fi-l-jadal“

Adabiyot

tahrir
  • Abdullayev I., Hikmatullayev H., Samarqandlik olimlar, T., 1969.[2]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 584.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil