Rim

Italiya kommunalari
(Rumadan yoʻnaltirildi)
Rim
Bayrogʻi
Joylashishi
Tashkil qilinishi mil. av. 753
Viloyat Lazio viloyati
Aholi
Zichlik
2,872,800 (2017)
2,231 kishi/km²
Ona tillari Italyancha
Shahar hokimi
Web sayti www.comune.roma.it

Rim — Italiya davlatining poytaxti. Rim provinsiyasi va Latsio viloyatining maʼmuriy markazi. RIMning gʻarbiy qismida Vatikan shahardavlati joylashgan. RIM — dunyoda eng qadimiy va tarixiy hamda madaniy yodgorliklarga boy shaharlardan boʻlib, "mangu shahar" nomini olgan. Shahar vulkanik kelib chiqqan sertepa tekislikda, Tibr daryosining har ikki sohilida, uning Tirren dengiziga quyilish yerida joylashgan. Iqlimi Oʻrta dengizga xos iqlim, yanvarning oʻrtacha harorati 6,8°, iyul oyida 26°. Yillik yogʻin 500 mm dan ziyod (asosan, kuzda yogʻadi). Qishda sovuq tramontana, yozda quruq va issiq sirokko shamollari esadi. Rim — Italiyaning aholisi eng koʻp shahri, 2,4 mln. kishi (2001). 19-asrgacha aholisi sekin koʻpaygan, 1871 -yilda RIM Italiya qirolligi poytaxti deb eʼlon qilingach, aholisi tez surʼatlarda oʻsdi.

August Fischer (1895)

Tarixi

tahrir

"Rim" nomi shaharning afsonaviy asoschilaridan bir boʻlgan Romul nomi bilan bogʻliq. Qadimiy manbalarga asosan RIMga mil. avv. 754—753 yillarda asos solingan. Kichikroq shahardavlat hisoblangan Rim Apennin yarim orolini, keyinroq atrofdagi hududlarni sekin-asta oʻziga boʻysundirgan holda Oʻrta dengiz boʻyidagi ulkan Qadimiy Rim davlatining poytaxtiga aylandi (qarang Rim, Qadimgi Rim). Antik RIM yirik shahar boʻlib, oʻzining juda koʻp ibodatxona, saroy, yoʻllari va hokazo bilan mashhur boʻlgan. Konstantin I tomonidan poytaxtning Konstantinopol shahriga koʻchirilishiga (330 yil) bogʻliq ravishda RIM oʻzining avvalgi siyosiy mavqeini yoʻqotdi. Shahar Vizantiya bilan ostgotlar oʻrtasidagi urushda ayniqsa vayron qilindi. 552 yildan RIM Vizantiya hukumronligi ostiga oʻtdi. 568 yildan 8-asr oʻrtalarigacha shaharni rim yepiskoplari — papalar boshqardilaRim 756 yildan Papalikning poytaxti boʻlgach, shahar Gʻarbiy Yevropaning siyosiydiniy markaziga, Rim papalarining qarorgohiga aylandi. Oʻrta asrlar davomida RIM uchun Papa hokimiyati va "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlari oʻrtasida kurash davom etgan. 11 —12-asrlarda RIMda vayron etilgan antik binolar oʻrnida qasrlar, cherkov qurilishlari boshlab yuborildi. 1143-yilda Papa hokimiyatiga qarshi qoʻzgʻolonlar natijasida RIMda respublika oʻrnatildi. Oʻrta asr RIMining hayoti uning katolik dunyosi markazi boʻlgani bilan bevosita bogʻliq boʻlgan. Bu yerda "Muqaddas Rim imperiyasi" imperatorlariga toj kiydirish marosimlari oʻtkazilgan. 1309-yilda Papalar qarorgohining RIMdan Avinon shahriga koʻchirilishiga bogʻliq holda shaharda savdohunarmandchilik rivojlanib bordi. 15—16-asrlarda Uygʻonish davriga kelib RIM yanada ravnaq topdi. RIMdagi koʻplab rassom, meʼmor va boshqa ijod axlining faoliyati aynan shu davr bilan bogʻliq. 1798—99 yillarda 1Rim respublikasining, 1848—49 yillarda Rim respublikasining markazi. 1871-yil 26-yanvardan RIM — Italiya qirolligi poytaxti. 1943—44 yillarda nemis fashistlari qoʻshini RIMni bosib oldi, 1944-yilda ulardan ozod qilindi. 1946-yildan Italiya Respublikasi poytaxti.

Sanoati

tahrir

P. — mamlakatning muhim sanoat, moliyaviy, ilmiy va madaniy markazi. Italiyada eng yirik transport yoʻllarining tuguni. Xalqaro ahamiyatga ega 2 ta aeroport boRim Metropoliten kurilgan (1927—38). Sanoatning yetakchi tarmogʻi — mashinasozlik (asosan, elektrotexnika, redioelektronika, priborsozlik). Kimyo, farmatsevtika, poligrafiya, tikuvchilik, oziq-ovqat, mebel sanoati korxonalari mavjud. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. RIM — kino sanoati markazi sifatida ham mashxuRim Badiiy hunarmandchilik (keramika, kumush buyumlar yasash va boshqalar) rivojlangan. Shaharda maʼmuriy boshqaruv va hukumat idoralari, siyosiy partiyalarning boshqaruv organlari, yirik banklar, savdo va sugʻurta kompaniyalari, xorijiy firmalarning idoralari, xalqaro tashkilotlarning shtabkvartiralari joylashgan. Muzeylar, jumladan, Milliy Rim muzeyi, Vatikan muzeylari, Milliy galereya, opera va drama teatrlari, konservatoriya, astronomiya rasadxonasi, universitet (1303), akademiyalar, ilmiy muassasalar, kutubxonalar boRim

Arxitekturasi

tahrir

Meʼmoriy yodgorliklar shaharning 3 ming yillik tarixini, uning murakkab va takrorlanmas shahar ekanligini aks ettirib turadi. Shaharning xushmanzara tepaliklarda joylashganligi, bahaybat imoratlar harobalari va turli davrlarga oid muxtasham saroylar, cherkovlar, favvora, monumentlar va manzarali haykallarning koʻpligi, maydonlarning rang-barangligi bilan ham u oʻziga xosdiRim Qad. Rim meʼmoriy yodgorliklari (Forum, Kolizey, Panteon), Uygʻonish davri va barokko uslubiga mansub inshootlar (Kanchelleriya, Franeziya, Barberini palatssolari, Pyassa, Navon, villa va boshqalar) RIMni bezab turadi. 4—6-asrlarda RIMda cherkov bazilikalari, 11—13-asrda roman uslubiga xos inshootlar qurildi. Ularda koʻproq roman uslubi bilan antik meʼmorlik tamoyillari uygʻunlashib, italyan roman meʼmorligining oʻziga xos xususiyatlari shakllandi. 13—14-asrlarda RIM meʼmorligida gotika uslubi namunalari paydo boʻldi. 15-asr IlkUygʻonish davri meʼmorligi ravnaq topdi. 16—17-asrlarda barokko uslubiga xos tamoyillar takomillashdi. Inshootlarning keng koʻlamligi va mahobatliligi, serhashamligiga ahamiyat berildi. 18-asr oʻrtalarida RIM meʼmorligida klassitsizmning ilk namunalari yuzaga keldi. Koʻcha va maydonlar klassitsizm ruhiga moslab rekonstruksiya qilindi. 20-asr boshlarida RIM meʼmorligida modernizm taʼsiri sezildi, shaharning imperiya davridagi ulugʻvorligini tiklashga harakat qilindi. Zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanishga koʻproq ahamiyat berildi. Anʼanaviy meʼmorlik elementlarini oʻzida mujassam etgan yangi zamonaviy binolar shahar chekkalarida barpo qilina boshlandi.

Turizmi

tahrir

RIM — xalqaro turizmning eng yirik markazlaridan (yiliga 3 mln.dan ortiq turist kelibketadi). Shaharda dunyo ahamiyatiga ega boʻlgan noyob sanʼat boyliklari saqlanmokdasr RIMda koʻpgina xalqaro konferensiyalar oʻtkaziladi. 1960-yilda 17olimpiada oʻyinlari boʻlib oʻtgan.[1]

Havolalar

tahrir

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil