Rumana kichik tumani (arabcha: ناحية الرمانة) Al-Anbar muhofazotiga qarashli Al-Qoim tumanida joylashgan okrug. Okrug Al-Anba muhofazotining gʻarbiy qismida, Furot daryosining shimoliy tomonida, Iroq — Suriya chegarasida joylashgan. Maʼmuriy markazi Rumana shaharchasi. Ushbu nom arabchadan tarjima qilganda, „anor“ degan maʼnoni anglatadi. Rumanani saylangan tuman kengashi va shahar hokimi boshqaradi.

Rumana

arabcha: رمانة
34°25′0″N 41°4′0″E / 34.41667°N 41.06667°E / 34.41667; 41.06667
Mamlakat Iroq
Muhofazot Al-Anbar muhofazoti
Tuman Al-Qoim tumani
Rumana xaritada
Rumana
Rumana

Hududda 8,900 nafar aholi istiqomat qiladi. Ularning barchasi sunniy musulmon arablar boʻlib, asosiy qabilalar Al-Bu Mahhal va Al-Marasima va baʼzi kichik qabilalar. Aholi dehqonchilik, baliqchilik, kichik biznes, bandlik kabi sohalarda tirikchilik qiladi. Rumanani Furot daryosi orqali Qoim va Al-Ubaydiy bilan bog‘laydigan beton ko‘prik mavjud.

Rumana okrugi 2014-yil 16-iyun kuni IShID nazoratiga o‘tgan[1].

Rumana okrugi 2017-yil 13-noyabr kuni Iroq armiyasi tomonidan qaytarib olingan[2].

Manbalar

tahrir