Rus-afgʻon mojarosi (1885 y 18 mart), Pandi vohasi yoxud Toshkoʻprikdagi qurolli toʻqnashuv — amalda 19-asrning 80-yillarida rusafgʻon chegarasi oʻtkazilishi munosabati bilan Buyuk Britaniya va Rossiya oʻrtasida kelib chiqqan mojaro. 19-asrning 80-yillari boshida Buyuk Britaniya Afgʻoniston bilan 1878—80 yillardagi urush (qarang Ingliz—afgʻon urushlari) natijasida bu davlatning tashqi siyosati ustidan nazorat qilishni oʻz koʻliga olib oʻz taʼsir doirasini Shimoliy Afgʻonistonga tarqatish va Rossiyani Oʻrta Osiyoda kuchayib, mustahkam oʻrnashib olmasligi uchun har qanday yoʻl bn harakat qilgan. Shu maqsadda Afgʻonistonni Rossiyaga qarshi gijgijlagan. 1884-yil yozidg..chngliz zobitlari bosh boʻlgan afgʻonlar otryadi Turkmaniston hududiga kirib Pandi vohasini egallagan. Toshkoʻprik (Toshkepri) yonidagi qurolli toʻqnashuv natijasida afgʻon qoʻshinlari bu yerni tark etgan. 1885-yil 10 sentabrdagi bitimga koʻra, EronAfganistan chegarasidan to Amudaryogacha boʻlgan oraliqdagi Rossiya va Afgʻoniston chegarasi belgilandi. RossiyaAfgʻoniston chegarasi haqidagi rusingliz protokolini imzolanishi bilan (1887) hal boʻlgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil