Rus-fors urushlari
Rus-fors urushlari (19-asr) -Zakavkazyem hukmronlik qilish uchun Rossiya bilan Eron oʻrtasidagi urushlar: 1) 1804—13 yillardagi rus koʻshinlarini Zakavkazyedan olib chiqib ketish haqidagi ultimatum rad etilgach, Eron tomonidan boshlangan. Rus qoʻshinlari bir necha gʻalabalarga erishgan va Shimoliy Ozarbayjon hududini egallagan. 1813-yil oktabrda Eron Guliston sulh shartnomasini tuzishga majbur boʻlgan. Unga koʻra, Eron Dogʻistonni, Shimoliy Ozarbayjon ning Rossiyaga qoʻshilganligini tan olgan; 2) 1826—28 yillardagi Sharqiy Zakavkazyeni qaytarib olish maqsadida Eron tomonidan boshlangan. Rus qoʻshinlari Naxichevan, Yerevan, Tabrizni egallagan. 1828-yil fevralda Rossiya bilan Eron oʻrtasida Turkmanchoy shartnomasi tuzilgan. Unga koʻra, Yerevan va Naxichevan xonligi Rossiyaga oʻtgan.
Rus-fors urushlari u. natijasida Shimoliy Ozarbayjon va Sharqiy Armaniston Rossiyaga qoʻshilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |