Ruslan Shamilovich Chagayev (ruscha: Руслан Шамильевич Чагаев, tatarcha: Ruslan Şamil ulı Çağaev, 1978-yil 19-oktyabr, Andijon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek bokschisi, Butunjahon Boks Assotsiatsiyasi (ingl. WBA) versiyasi boʻyicha super ogʻir vaznda jahon chempioni. Ogʻir vaznda (81-91 kg) havaskorlar orasida Osiyo hamda jahon chempioni.

Ruslan Chagayev
Statistikasi
Asl ismi Ruslan Shamilovich Chagayev
Laqabi "Oq Tayson"
Vazni Ogʻir vazn
Millati Tatar
Tavalludi 19-oktyabr 1978-yil (1978-10-19) (46 yosh)
Andijon, OʻzSSR

Faoliyati

tahrir

Bokschi, „Oʻzbekiston iftixori“ (1998), Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi (2000). Andijon respublika olimpiya oʻrinbosarlari bilim yurtida tahsil olgan (1991—1997), Andijon universitetini tugatgan (2002). 91 kg vazn toifasida Oʻzbekiston (1996, 1999, 2000, 2001), Markaziy Osiyo oʻyinlari (1995, Toshkent; 1997, Olmaota), Osiyo (1995, 1999, Toshkent), Osiyo oʻyinlari (1998, Bangkok), jahon (1997, Budapesht) chempioni. U 91 kg dan ziyod vaznda ham jahon chempioni boʻlgan (2001, Belfast). 2001-yildan professional bokschi. Gamburg (GFR)ning „Universum boks promoshn“ klubi bilan shartnoma imzolab, reyting uchrashuvlarini oʻtkazib keladi (2004). „El-yurt hurmati“ ordeni bilan mukofotlangan (2001)[1].

1997-yilgi havaskorlar oʻrtasidagi Jahon Chempionati finalida kubalik bokschi Feliks Savonni magʻlubiyatga uchratib, oltin medalni qoʻlga kiritgan, lekin keyinchalik professional bokschi sifatida chetlatilgan. Ruslan Chagayev „Oʻzbekiston xizmat koʻrsatgan sportchi“, „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvonlari bilan mukofotlangan.

2007-yilning 14-aprel kuni WBA versiyasi boʻyicha jahon chempionligi uchun Nikolay Valuyev bilan ringga chiqdi. Ushbu bahsda Ruslan 114-114, 115-113, 117-111 hisobida ochkolar boʻyicha gʻalaba qozondi. Bu janggacha Valuyev bironta uchrashuvida magʻlubiyatga uchramagan edi.

Germaniyaning Gamburg shahrida yashaydi va shugʻullanadi. Murabbiyi: Mixael Timm (nem. Michael Timm). Uylangan, bir oʻgʻli bor.

 
Nikolay Valuyev bilan jangda

Ruslan Chagayev 2008-yilning 19-yanvarida Britaniyalik bokschi Matt Skelton bilan oʻz unvonini himoya qilish uchun ringga chiqdi. Bu jang 12 raund davom etib, ochkolar boʻyicha gʻalaba Ruslan Chagayevga berildi va u oʻz chempionlik kamarini yana bir marta oʻzida saqlab qoldi.

Lekin ayrim axborot manbalari tarqatgan xabarga koʻra, Chagayev va Valuyev jangi 5-iyulga qoldirilgan[2]. Jang sanasi muddatining uzaytirilishiga Ruslan Chagayevning sogʻligi yomonligi sabab boʻlgan.

Ruslan Chagayev 2007-yilda „rossiyalik dev“ laqabli Nikolay Valuevni yengib, ilk bor professional boksning WBA yoʻnalishi boʻyicha eng ogʻir vazn toifasida Jahon chempioni boʻlgan va oʻshanda Oʻzbekistonda chempionni millionlab ishqibozlari oliqshlar bilan kutib olgan[3].

2011-yil 27-avgustda Chagayev rossiyalik Aleksandr Povetkin bilan WBA muntazam jahon chempioni unvoni uchun jangda ringga chiqdi. Jangning boshidanoq Aleksandr oʻzining murabbiyi Teddi Atlas rejalashtirganidek, hujumga oʻtishni boshladi. 5-o‘yin oxiri — 6-tur boshiga qadar Povetkinning ustunligi sezilarli bo‘lib, ochkolar bo‘yicha peshqadam edi. Keyin esa Chagayevning oʻzi ancha tajovuzkor harakat qila boshladi. Uning zarbalari raqibiga aniq yetib bordi va bir nuqtada ochkolar uning foydasiga ishlay boshladi. Biroq Chagayev tezda charchay boshladi va 11-raunddan boshlab ustunlik yana Povetkinga oʻtdi, u koʻp boʻlmasa-da, baribir Chagayevning kuchli toʻsigʻini yorib oʻtdi. Natijada, Ruslan soʻnggi raundda umumiy zarbalar boʻyicha raqibidan ustun keldi, shu bilan birga ularning soni boʻyicha sezilarli darajada magʻlub boʻldi. Yakunda hakamlar bir ovozdan gʻalabani Povetkinga berishdi: 116-112, 117-113, 117-113[4].

Ruslan Aleksandr Povetkinga yutqazgach, 2011-yilda ringga chiqmagan. Reytingdagi oʻrinlarni yoʻqotib, 2012-yil boshidan beri Chagayev sakkiz raundlik janglardan asta-sekin tiklana boshladi. Shunday qilib, 28-yanvar kuni Ruslan mashhur bokschi Kerston Mansvellni magʻlub etdi[5].

21-aprel kuni Ruslan Chagayev amerikalik Billi Zambranni mutlaq nokautga uchratdi[6].

2012-yilning 1-sentyabr kuni Feliks Shturm va Daniel Gil jangining underkatida u germaniyalik taniqli sportchi Verner Kreyskottni 7-raundda nokautga uchratdi[7].

2012-yilning 1-dekabrida Ruslan bu yilgi toʻrtinchi jangini magʻlubiyatsiz kubalik Mayk Peresga (18:0) qarshi oʻtkazishi kerak edi, ammo jangdan bir hafta oldin Peres jarohat oldi va jang bekor qilindi[8][9].

Faoliyatining tugashi

tahrir

2016-yil 17-oktyabrda u boksdagi faoliyatini yakunlash to‘g‘risida yakuniy va qaytarib bo‘lmaydigan qarorni qabul qildi. Bunga Lukas Braun bilan soʻnggi jangdan keyin kuchaygan koʻrish bilan bogʻliq muammosi sabab boʻldi[10].

Jang natijalari

tahrir
Yil Sana Joy Raqib Kamar Natijalar
1997 21-Avgust Hollywood Casino, Aurora, Illinois, Vereinigte Staaten   Donnie Penelton Gʻalaba/ KO 1
3-sentyabr Ramada Inn, Rosemont, Illinois, Vereinigte Staaten   Brian Jones Gʻalaba/ KO 2
2001 21-sentyabr Toshkent, Oʻzbekiston   Everett Martin Gʻalaba/ TKO 4
2002 14-aprel Hard Rock Hotel and Casino, Las Vegas, Nevada, Vereinigte Staaten   Val Smith Gʻalaba/ KO 1
11-may Grand Casino, Biloxi, Mississippi, Vereinigte Staaten   Chris Isaac Gʻalaba / 8 raundlik jang
5-oktyabr Cobo-Hall, Detroit, Michigan, Vereinigte Staaten   Rob Calloway Nomaʼlum/ 3 raundlik jang
2003 22-may Yonkers Raceway, Yonkers, New York, Vereinigte Staaten   Zakeem Graham Gʻalaba / TKO 3
18-Noyabr Universum Gym, Wandsbek, Hamburg, Deutschland   Daniel Frank Gʻalaba / KO 2
2004 17-Fevral Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland   Sedreck Fields Gʻalaba / 6 raundlik jang
30-Mart Saaltheater Geulen, Aachen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland   Alexei Varakin Gʻalaba/ KO 2
18-may Hansehalle, Luebeck, Schleswig-Holstein, Deutschland   Wade Lewis Gʻalaba/ TKO 1
22-Iyun Sportzentrum, Telfs, Österreich   Sedreck Fields Gʻalaba/ KO 2
31-Iyul Hanns-Martin-Schleyer-Halle, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland   Garing Lane Gʻalaba/ KO 5
26-oktyabr Scandlines Arena, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland   Willie Williams Gʻalaba/ KO 3
16-Noyabr Kugelbake Halle, Cuxhaven, Niedersachsen, Deutschland   Xorvatiya Asmir Vojnovic Gʻalaba/ TKO 4
14-Dekabr Freizeit Arena, Soelden, Österreich   Tommy Connelly Gʻalaba/ TKO 2
2005 26-Mart Sachsen, Deutschland Andoza:Country data the Bahamas Sherman Williams Gʻalaba / 8 raundlik jang
28-sentyabr Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland   Jucimar Francisco Hipolito Gʻalaba/ TKO 1
22-oktyabr Brandberge Arena, Halle an der Saale, Sachsen-Anhalt, Deutschland   Mark Krence Gʻalaba/ KO 5
2006 7-Yanvar Zenith — Die Kulturhalle, Munich, Bayern, Deutschland   Rob Calloway Gʻalaba/ KO 2
11-Mart Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland   Vladimir Virchis WBA Inter-Continental-Titel Gʻalaba / 12 raundlik jang
15-Iyul Color Line Arena, Altona, Hamburg, Deutschland   Michael Sprott WBA Inter-Continental-Titelverteidigung Gʻalaba/ TKO 8
18-Noyabr Nordrhein-Westfalen, Deutschland   John Ruiz Gʻalaba / 12 raundlik jang
2007 14-aprel Porsche-Arena, Stuttgart, Baden-Württemberg, Deutschland   Nikolay Valuev WBA-Weltmeisterschaft Gʻalaba / 12 raundlik jang
2008 19-Yanvar Burg-Wächter Castello, Düsseldorf, Nordrhein-Westfalen, Deutschland   Matt Skelton WBA-Titelverteidigung Gʻalaba / 12 raundlik jang
2009 7-Fevral Stadthalle, Rostock, Mecklenburg-Vorpommern, Deutschland   Carl Davis Drumond WBA-Titelverteidigung Gʻalaba / 6 raundlik jang
20-Iyun Veltins-Arena, Gelsenkirchen, Nordrhein-Westfalen, Deutschland   Vladimir Klichko IBF- und WBO-Weltmeisterschaft Magʻlubiyat
2010 22-may Rostok, Deutschland   Mian Kali Gʻalaba / 12 raundlik jang
(Quelle: BoxRec-Datenbank (Wayback Machine saytida 2012-10-01 sanasida arxivlangan))

Shaxsiy hayoti

tahrir

Ruslan Chagayevning millati tatar[11], islom diniga eʼtiqod qiladi[12][13]. Uning otasi Shamil Chagayev, Kalda qishlogʻida tugʻilgan (Ulyanovsk viloyati Barishskiy tumani), 1950-yilda oila Oʻzbekiston SSRga koʻchib kelgan. Onasi, O‘zbekistonda tug‘ilgan Zamira Chagayeva 2005-yilda Moskvada vafot etgan[14][15].

Xotini — Viktoriya arman millatiga mansub, andijonlik, Andijon tibbiyot institutini tamomlagan[16].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. BBC Oʻzbek xizmati
  3. Chechen rahbari Chagaevni oʻziniki qilib oldi
  4. Takogo krasivogo boya Xolifild ne videl uje mnogo let
  5. „Руслан Чагаев победил Кертсона Мансвелла“ (deadlink). 2012-yil 2-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.
  6. „Чагаев нокаутировал Замбрана“ (deadlink). 2015-yil 30-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 23-iyun.
  7. Chagaev nokautiroval sopernika iz Germanii
  8. „Руслан Чагаев против Майка Переса 1-го декабря“ (deadlink). 2013-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-noyabr.
  9. Otmena boya mejdu Chagaevim i Peresom
  10. Вадим Жук. „Чемпион и человек мира. Как Руслан Чагаев стал Белым Тайсоном“ (ru). Чемпионат.com (2016-yil 17-oktyabr). 2017-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 20-aprel.
  11. Ruslan Chagaev: Tolko posle boya ya razglyadel, kakoy je Valuev ogromniy!
  12. „Родная сестра Руслана Чагаева Луиза: «Горжусь, что мой брат ни разу в жизни не выкурил ни одной сигареты и не пригубил спиртного»“.
  13. Top 10 active Muslim boxers — Ummah Sports
  14. „Chagaev: o nemeskom grajdanstve ne zadumivalsya — Chempionat“. 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  15. Chempion mira WBA Ruslan Chagaev (Uzbekistan): Tolko posle boya ya razglyadel, kakoy je Valuev ogromniy! — Teksti — Sovetskiy Sport
  16. „Родная сестра Руслана Чагаева Луиза: «Горжусь, что мой брат ни разу в жизни не выкурил ни одной сигареты и не пригубил спиртного»“.

Havolalar

tahrir