Ruslan Taymurazovich Margiev (ruscha: Руслан Таймуразович Маргиев, 1995-yil 21-mart, Vladikavkaz, Rossiya) — rossiyalik futbolchi, „Rubin Yalta“ yarim himoyachisi.

Karyerasi

tahrir

Tolyatti akademiyasining talabasi. Professional futbolda esa Vladikavkazning „Alaniya-D“ jamoasi safida debyut qilgan. Keyinchalik, ikki mavsumni Qrim Premyer-ligasida oʻtkazdi. „Okean“ va „TSK-Tavriya“ jamoalarida oʻynagan[1].

2019-yilning yozida Oʻzbekiston Superligasining Qizilqum klubiga oʻtdi. 26-iyul kuni "Navbahor"ga qarshi oʻyinda (1:0) debyut qildi[2].

2021-yil mart oyida yana Qrimga joʻnadi va „Qrimteplitsa“ klubiga qabul qilindi[3]. Bir yil oʻtgach, „Yevpatoriya“ga koʻchib oʻtdi[4]. 2022-yilning avgustidan — Yaltaning Rubin klubi futbolchisi.

Manbalar

tahrir