Russkiy oroli — Shimoliy Muz okeani va Tinch okeandagi bir necha orolning nomi. Eng yiriklari: 1) Kara dengizidagi Nordensheld arxipelagida (uz. 38 km, eni 14 km gacha). Maydoni 309 km². 1935-yildan qutb stansiyasi bor. Tundra oʻsimliklari bilan krplangan; 2) Yapon dengizidagi Buyuk Petr qoʻltigʻida, Vladivostok shahridan janubida (uz. 18 km, eni 13 km gacha), keng bargli oʻrmonlar bilan krplangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil