Rustam Assakalov
Rustam Shatbievich Assakalov (1984-yil 13-iyulda tugʻilgan, Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi) — Adige yunon-rum kurashchisi, Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi. Osiyo va Osiyo oʻyinlari chempioni, jahon chempionatlari sovrindori.
Rustam Shatbievich Assakalov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Rossiya → Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
13-iyul 1984-yil Novorossiysk, Krasnodar oʻlkasi, RSFSR |
Sport | |
Qaysi sport | Yunon-rum kurash |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Jahon chempionati | ||
Kumush | Las-Vegas 2015 | 85kg gacha |
Bronza | Nur-Sultan 2019 | 87kg gacha |
Osiyo oʻyinlari | ||
Oltin | Inchxon 2014 | 85kg gacha |
Kumush | Djakarta 2018 | 87kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Deli 2013 | 84kg gacha |
Kumush | Ostana 2014 | 85kg gacha |
Oltin | Doxa 2015 | 85kg gacha |
Bronza | Nyu-Deli 2017 | 98kg gacha |
Oltin | Bishkek 2018 | 97kg gacha |
Bronza | Sian 2019 | 87kg gacha |
Kumush | Sian 2022 | 97kg gacha |
Tarjimai hol
tahrir1984-yilda Novorossiyskda (SSSR) tugʻilgan. 2012-yilgacha Rossiya terma jamoasida ishtirok etadi, keyin Oʻzbekistonga koʻchib keladi. 2013-yilda u Osiyo chempioni boʻladi. 2014-yilda Rustam Osiyo chempionati kumush medali sovrindori va Osiyo oʻyinlari chempioni boʻladi. 2015-yilda Asaakalov Osiyo chempioni, jahon chempionati kumush medali sovrindori boʻladi. 2016-yilda u Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi, ammo u yerda kurashchi atigi 8-oʻrinni egallaydi. 2017-yilda Osiyo chempionati bronza medalini, shuningdek, Islom birdamlik oʻyinlarining bronza medalini ham qoʻlga kiritadi. 2018-yilda Osiyo chempionati va Osiyo oʻyinlarining kumush medali sovrindoriga aylanadi[1].
2019-yili Qozogʻistonda oʻtkazilgan Olimpiya oʻyinlari oldidan jahon chempionatida 87 kilogrammgacha vazn toifasida Rustam Assakalov bronza medali bilan birga yana milliy olimpiya qoʻmitasiga olimpiya yo'llanmasini ham olib kiradi[2].
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlarida Rustam Assakalov chorak finalda magʻlub boʻladi. Hamyurtimiz xorvatiyalik Ivan Huklekka qarshi shohsupaga chiqib, murosasiz kurash 4:1 hisobida xorvatiyalik kurashchi foydasiga hal boʻladi[3].
Havolalar
tahrir- Rustam Assakalov — Olympedia.org
- Rustam Assakalov — International Wrestling Database
Manbalar
tahrir- ↑ Азиатские игры: Рустам Ассакалов стал серебряным призером Kun.uz 22.08.2018
- ↑ Рустам Ассакалов - бронзовый призер чемпионата Азии Olamsport.com
- ↑ Досадные поражения: сразу несколько узбекистанцев завершили свое участие на ОИ в Токио uz.sputniknews.ru 03.08.2021