Rustam Abdusalomovich Dehoti (1944-yil 25-may, Samarqand) – tilshunos, filologiya fanlari nomzodi (1986), dotsent (1987)[1].

Rustam Abdusalomovich Dehoti
Tavalludi 1953 27-noyabr
Samarqand, Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Sohasi Filolog
Ish joylari Tojikiston davlat pedagogika universiteti
Taʼlimi Tojikiston davlat pedagogika universiteti
Dini Islom

Hayoti

tahrir

Rustam Dehoti 1944-yil 25-mayda Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Samarqand shahrida, tojik yozuvchisi Abdusalom Pirmuhammadzoda Dehotiy oilasida tugʻilgan. Otasi asosan Oʻzbekiston SSRda yashab ijod qilgan va oʻz asarlarida „Pirmuhammadzoda“, „Navqalam“, „Hardamxayol“, „Dehotiy“ taxalluslarini qoʻllagan. U Oʻzbekiston pedagogika akademiyasida tahsil koʻrgan. Rustam Dehoti oʻrta maktabni tugatgach Dushanbe Davlat pedagogika universitetiga oʻqishga kiradi. 1971-yilda T. G. Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika universitetini nemis tili fakultetini tamomlagan.

Rustam Dehoti 1971—1976-yillarda chet tillari kafedrasi assistenti, 1976—1978-yillarda chet tillar fakulteti dekanining oʻquv ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1978—1986-yillarda T. G. Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika universitetida chet tillar fakulteti dekani boʻldi. U 1981—1984-yillarda T. G. Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika universiteti aspiranti sifatida faoliyat yuritgan. 1987-yildan T. G. Shevchenko nomidagi Dushanbe Davlat pedagogika universiteti nemis tili kafedrasi dotsenti boʻlgan[2]. 1982—1990-yillarda SSSR va Germaniya Demokratik Respublikasi doʻstlik jamiyati Dushanbe boʻlimi mas’ul kotibi boʻlgan. 1986—1995-yillarda Tojikiston Davlat universiteti chet tillar fakulteti dekani lavozimida ishlagan. Shuningdek, Sadriddin Ayniy nomidagi pedagogika universitetida dekan boʻlgan. 1993—1994-yillarda Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universitetida oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1995—1998-yillarda Sadriddin Ayniy nomidagi Tojikiston davlat pedagogika universiteti nemis tili kafedrasi mudiri boʻlgan.

Rustam Dehoti 13 dan ortiq ilmiy, ilmiy-metodik maqolalar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi hisoblanadi. Germaniya va Tojikiston oʻrtasidagi adabiy aloqalar masalalari boʻyicha ilmiy ishlar yozgan. Rustam Dehoti 2006-yilda „Tojikiston taʼlim aʼlochisi“ medali bilan mukofotlangan.

Manbalar

tahrir