Rustam Jangaboyev
Rustam Komiljon o'g'li Jangaboyev (1993-yil 25-avgust, O'zbekiston) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 105 kg dan ortiq vazn toifasida kurashib keladi. 2018-yilgi jahon chempionati sovrindori. 2017-yilgi Ashxobodda boʻlib oʻtgan Osiyo chempioni[1], Rio-de-Janeyrodagi Yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi sanaladi.
Rustam Komiljon o'g'li Jangaboyev | |
---|---|
2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida ogʻir atletika – Erkaklar +105 kg | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
25-avgust 1993-yil Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Ogʻir atletika |
Sport faoliyati
tahrir2018-yil noyabr oyi boshlarida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 109 kilogrammdan ortiq vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi umumiy vazni 447 kilogramm natijani koʻrsatib, jahon chempionatining bronza medalini qoʻlga kiritadi. Dast koʻtarish mashqlarini bajargan Rustam 245 kilogramm tosh koʻtarib, 3-natijani koʻrsatdi.
Sport natijalari
tahrirYil | Musobaqa | Oʻtkazish joyi | Vazn toifasi | Siltalab koʻtarish | Dast koʻtarish | Ikki kurash yigʻindisi | Oʻrin |
2015-yil | Osiyo chempionati | Pxuket | 105 kg dan ortiq | 170 kg | 225 kg | 385 kg | 4 |
Jahon chempionati | Xyuston | 105 kg dan ortiq | 174 kg | 225 kg | 389 kg | 20 | |
2016-yil | Osiyo chempionati | Toshkent | 105 kg dan ortiq | 184 kg | 232 kg | 416 kg | 6 |
Yozgi Olimpiya o'yinlari | Rio-de-Janeyro | 105 kg dan ortiq | 195 kg | 237 kg | 432 kg | 6 | |
2017-yil | Osiyo chempionati | Ashxobod | 105 kg dan ortiq | 196 kg | 241 kg | 437 kg | |
Osiyo jang san'ati va yopiq inshootlardagi o'yinlar | Ashxobod | 105 kg dan ortiq | 199 kg | 243 kg | 442 kg | ||
Jahon chempionati | Anaxaym | 105 kg dan ortiq | 200 kg | 247 kg | 447 kg | 4 | |
2018 | Jahon chempionati | Ashxobod | 109 kg dan ortiq | 202 kg | 245 kg | 447 kg |
Manbalar
tahrir- ↑ „Результаты соревнований“. 2017-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-avgust.
Havolalar
tahrir- Rustam Jangaboev IWF saytida