Rustam Xolmatov

Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-2021)

Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov (1961-yilda tugʻilgan, Oqqoʻrgʻon tumani, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — Oʻzbekiston davlat arbobi, Toshkent viloyati hokimi (2019-yil 4-iyun — 2021-yil 30-yanvar).

Rustam Qurbonnazarovich Xolmatov
 Toshkent viloyati hokimi
Mansab davri
2019-yil 4-iyun – 2021-yil 30-yanvargacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Gʻulomjon Ibragimov
Vorisi Davron Hidoyatov
 Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari
Mansab davri
2018-yil – 2019-yilgacha
 Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari
Mansab davri
2017-yil – 2018-yilgacha
 Bekobod tumani hokimi
Mansab davri
2016-yil – 2017-yilgacha
 Quyi chirchiq tumani hokimi
Mansab davri
2003-yil – 2008-yilgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1961
Oqqoʻrgʻon tumani,Toshkent viloyati, OʻzSSR
Maʼlumoti Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Mukofotlari Mehnat shuhrati ordeni

Biografiyasi

tahrir

Rustam Xolmatov 1961-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan[1]. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi institutini (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) tugatgan. 1977-yilda Oqqoʻrgʻon sovxozida iqtisodchi, keyin katta iqtisodchi, soʻngra bosh iqtisodchi boʻlib ishlagan[2].

1995-yilda Toshkent viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi. 2003-yilda Chinoz va Quyi chirchiq tumani hokimi, 2008-yilda esa Toshkent viloyati hokimi etib tayinlangan. 2013-yilda Islom Karimovning buyrugʻi bilan lavozimidan chetlashtirildi. 2016-yilda Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi lavozimiga qaytdi. 2017-yilda Jizzax viloyati hokimining oʻrinbosari etib tayinlandi. 2018-yil oktyabrdan qishloq va suv xoʻjaligi, arxitektura, kapital qurilish va aloqalarni rivojlantirish boʻyicha birinchi oʻrinbosar boʻlib ishlagan[3].

2019-yil 4-iyunda Toshkent viloyati hokimi etib tayinlandi[4]. 2021-yil 30-yanvar kuni oʻz xohishi bilan lavozimidan ozod qilindi[5]. Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 19-mart kuni xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Rustam Xolmatovni ishdan bo‘shatish niyati bo‘lmaganiтш lekin, uning o‘zi ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganini ma’lum qilgan[6].

Mukofotlar

tahrir

"Mehnat Shuxrati" ordeni (2002-yil 27 avgust)

Manbalar

tahrir